AMIN UMARIY (1918—1942) Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko’ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo‘qonda
xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Ona
Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab bo‘lsa kerak, Amin Umariy oilada yaxshi
tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga yetgan.
Uning bolaligi o‘lkada inqilobiy ko‘tarilishlar, ish tashlash qo‘zg‘olonlar avjiga minayotgan davrga
to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Qo‘qonda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Anbar Otin kabi elparvar shoir va
shoiralarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashi avj olgan davr ham edi. Xususan, Hamza
Hakimzodaning «Milliy ashulalar»i, S.Ayniyning «Marseleza» kabi da’vatkor she’riyati Amin
Umariyning ijtimoiy ongi o‘suvida, adib bo‘lib yetishuvida muhim omil bo‘ldi.
U o‘rta maktabni tugatib, 1930-1935 yillarda Samarqand Davlat pedakademiyasiga o‘qishga
kiradi. Shoir 1935 yilda Samarqand dorilfununini a’lo baholar bilan yakunlaydi. Bu yerda u
H.Olimjon, Uyg’un, Oydin kabi iste’dodli adiblar bilan hamnafas bo‘ladi. 1937 yilda
Samarqanddan Toshkentga ko‘chib keladi va shu yili O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi
a’zoligiga qabul qilinadi. Shoirning maktab yillarida boshlangan ijodi xuddi shu davrga kelib
gullay boshlaydi. Uning «Salom, maktab!» she’ri 1930 yilda bosilgan bo‘lib, «Yangroq sadolar»
nomli birinchi to‘plami 1932 yilda nashr etiladi. To‘plamdagi ko‘pgina she’rlarda o‘sha davr
uchun dolzarb bo‘lgan qishloq, sanoat, xotin-qizlar ozodligi, ziyolilar hayotini ifodalovchi
mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan, «Qaynayotgan seximiz» she’rida sanoat mavzui,
«Bolshevik homiysi»da paxtakor dehqon mehnati va «Zarbachi erlar» she’rida ma’rifat mavzui
o‘z aksini topadi.
1938 yilga kelib, Amin Umariyshshg «Davr tantanasi» nomli ikkinchi she’riy to‘plami yuzaga
keladi. Mazkur to‘plamdagi she’rlar ancha puxta, mavzui jihatidan ancha boy edi. Uning
«Yoshlik» (1935) nomli to‘plami shoir ijodida ko‘tarilishdan darak beradi. «Farzand» (1937),
«Sadoqat» (1938), «Qo‘shiqlar», «Ijod bog’ida» kabi to‘plamlari ketma-ket yaratildi. Shoir bu
yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida muallimlik qildi. «Guliston» oynomasida,
O’zbekiston Davlat nashriyotlarida faollik ko‘rsatdi, tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi.
Amin Umariy «She’rlar», «Bolalik qo‘shiqlari”, «Ovozim», «Quyosh jarchisi» (1939-1941 yillar)
kabi to‘plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida «Bolalik qo‘shiqlari» (1938) kitobini chop ettirdi.
Amin Umariy Ulug’ Vatan urushi yillarida yana ham jonbozlik ko‘rsatdi. Uning «Qasamyod»
(1942) nomli she’riy to‘plami o‘sha davr jangovar faxriyasi edi.
U dramaturg sifatida K. Yashin bilan birga «Hamza» (1941), Tuyg’un bilan birga «Qasos»
dramalarini yozdi va ularda urush davri kartinalarini chizishga intildi.
Nosir sifatida «Asad» (1932), «Qozon yo‘lida» (1838), «Toshotar» (1939) kabi hikoya va ocherk
to‘plamlarini yaratdi.
Shoir va dramaturg, nosir va tarjimon Amin Umariy avji ijodi qaynagan davrda — 1942 yil 14
noyabrda Bekobod safaridan qaytgach, betoblikdan vafot etadi.