30-yillarning ko‘zga ko’ringan, el og’ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13
noyabrda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi.
Bolaligi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy
nomidagi Samarqand davlat universitetining Til va adabiyot
fakultetida Amin Umariy, hasan
Po'latlar bilan birgalikda tahsil oldi.
Usmon Nosirning ilk she’rlari universitetda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina
boshlagan edi. Natijada shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932),
«Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va
«Naxshon» poemalari hamda «Atlas» she’riy dramalari birin-ketin nashr qilindi.
Uning
«Norbo‘ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da
qardosh
arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar
kurashini aks ettiruvchy «Nil va Rim» kabi poetik asarlari tarix va xalq mulki bo‘lib qoldi.
Usmon Nosir she'riyati, avvalo,
hayotiyligi, qolaversa,
jozibali va isyonkorligi, ayni chog'da
sodda va ravonligi bilan tezda kitobxon qalbidan chuqur joy egallaydi. Shundan bo'lsa kerak,
shoir she'rlari hamon davralarda tez-tez yoddan aytiladi:
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding,
Ko‘zimga oyni berkitding
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak.
Sevinchim toshdi qirgoqdan
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida Pushkiniing
«Boqchasaroy
fontani»
poemasi,
Lermontvaning
«Demon»
(«Iblis»)
asari
o’zbek
kitobxonlarining qalbiga yetib brogan.
Samimiy, jo‘shqin, lirik iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari
hamisha kishini hayajonga
soladi. Usmon Nosir qatag‘onlik davrining qurboilaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro
lagerlarida azob-udubatda o'tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan. Shoir nomi yoshlik, kurash,
go‘zallik kuychisi bo‘lib, o‘zbek xalqi qalbida abadiy yashaydi. Ha, shoir o‘zi aytganidek:
Ming yillardan keyin ham
Unutma meni bog'im.
She’rlarim yangrab qolur...
Bir umrga o‘lmayman,—
deganda haq edi.
Dostları ilə paylaş: