RAHMAT FAYZIY (1918-1986) Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida kosib oilasida
dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» ro‘znomalari
muharriiyatlarida ishladi.
Uning dastlabki she’riy mashqlari, lavha va ocherklari mazkur ro‘znoma sahifalarida (1937)
ko‘rindi. Rahmat Fayziy «Qizil O’zbekiston», «O’zbekiston madaniyati» (1957-1959)
ro‘znomalari, «Sharq yulduzi» (1951-1954) oynomasida ishlagan paytlarida uning qalami
yanada charxlandi.
Ulug’ Vatan urushidan keyingi tinch qurilish yillari yozuvchi «To‘y to‘yonasi» (1951), Mirzacho‘lni
o‘zlashtirayotgan yoshlarga bag’ishlangan «Cho‘lga bahor keldi» (1951), «Povest va hikoyalar»
(1954), «Shohi darparda» (1958) kabi ocherk va hikoya to‘plamlarini yaratib, yozuvchi sifatida
elga tanildi.
Ijodkorning «Tekin muzqaymoq», «Mening bobom», “Cho‘ntak”, «Nafisa» kabi hikoyalari
bolalarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat etdi. Rahmat Fayziy 1962-1965 yillarda «O’zbekfilm»
kinostudiyasida ishladi. Uning «Sen yetim emassan» 1960—1962), «Yor-yor» kinopovestlari
o‘zbek milliy kinodramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Ayniqsa, yozuvchining
«Sen yetim emassan» kinopovesti do‘stlik, vatanparvarlik va insonnarvarlikni kuylovchi yetuk
badiiy asar sifatida muallifga katta shuhrat keltirdi. Film Butunittifoq hamda xorijiy mamlakatlar
ekranlarida namoyish etilib, tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Rahmat Fayziy 1969 yilda yaratgan «Hazrati inson» romanida temirchi Mahkam aka va
Mehriniso opa faoliyati orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatdi.
Rahmat Fayziy orden va medallar, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston
xalq yozuvchisi, Polsha xalq respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari
bilan taqdirlandi. Yezuvchining dator asarlari rus va boshqa qardosh tillarga o‘girilgan. U 1986
yilda vafot etdi.