Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SHAROF RASHIDOV (1917—1983)
Adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 5 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida 
tavallud topgan, Narimonov maktabida tahsil ko‘rdi. 1934 yilda Jizzaxdagi pedagogika 
texnikumini, 1941 yilda Samarqand dorilfununini tugatadi. Shundan so‘ng 
muallim va muxbir sifatida o’z faoliyatini boshlaydi. 
1938-1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» ro‘znomasida ishlaydi. 1941-1942 
yillarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda rahbarlik 
ishiga o‘tadi. Samarqand viloyat partiya kotibi bo‘lib faollik ko‘rsatadi, 
1947—1949 yillarda «Qizil O’zbekiston» ro’znomasiga muharrirlik qiladi. 1940-1950 yillarda 
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, 1950-1959 yillarda O’zbekiston Oliy Kengashi 
Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O’zbekiston Kompartiyasining Birinchi kotibi bo‘lib ishladi. 
Toki umrining oxirigacha Respublika partiya tashkilotiga rahbarlik qildi. Shuningdek, Ittifoq 
Partiya Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Byurosi a’zoligiga nomzod ham edi. U o’n bir marta «Lenin 
ordeni», ikki marta (1974, 1977) «Mehnat qahramoni Oltin yulduzi» va Lenin mukofoti sovrindori 
ham bo‘lgan. 
Uning ijodi asosan 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan bo‘lib, dastlab she’riyatda qalam 
tebratgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Samarqand kuylari” nomi bilan bosilgan. So‘ng esa 
«O’lkam», «Orzuimiz» (1939) kabi she’rlari chop etilgan. Ulug’ Vatan urushi davrida fashizmga 
qarshi g’alabaga yetaklovchi she’rlar yozib, 1945 yilda «Qahrim» nomi bilan to‘plam sifatida 
chop ettiradi. U ayni chog’da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. U 
jang maydonlarida: 
Agar jangdan qaytsam orqamga, La’nat o‘qing, yashashim bekor, — 
degan ahd bilan ona-Vatan dushmanlariga, fashizmga qarshi qahr-g‘azab tuyg’ularini to‘kib 
sochadi. 
Sharof Rashidov maqolanavis — publisistlikdan kamolga yetgan adib darajasiga ko‘tarildi. 
Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchi o‘rinni egallaydi. Adibning 
katta nasr namunalari bo‘lgan «G’oliblar», «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin” romanlarida 
urushdan keyingi O’zbekiston xalqini, tiklanish yillaridagi mehnat jasoratlari badiiy ifodasini 
topgan. 
Ijodkorning «Kashmir qo‘shigi», «Komde va Mudan” kabi lirik qissalari an’anaviy Sharq 
dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zal hayot nashidasi madhiga 
bag‘ishlangandir. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratgan «Dil amri» qissasi Vatan urushi 
yillarida Belorus zaminida kechgan jang manzaralari, turli millat jangchilarining g’alaba yo‘lida 
olib borgan hayot-mamot kurashi tasviriga bagishlangan. 
Sharof Rashidov Sho‘ro hokimiyati davrining barcha davlat arboblari singari vafotidan keyin 
qoralandi. Hayoti va ijodini o‘rganish ta’qiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan kamtarin adib va 
davlat arbobining nomi qayta tiklandi. U 1983 yilning kuzida to‘satdan vafot etdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin