Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SHUKRULLO (1921)
O’zbek adabiyotining sermahsul ijod sohiblaridan biri Shukrullo (Shukrullo Yusunov) 1921 yili 
Toshkentda dunyoga keldi. Boshlang’ich ta’limni olgach, pedagogika bilim yurti (1935), 
Toshkent Davlat pedagogika bilimgohida (1944) hamda Toshkent Davlat dorulfununi qoshidagi 
aspiranturada tahsil ko‘rdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, badiiy 
adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi. 
Shukrulloning birinchi she’ri «Baxt qonuni» 1939 yilda, dastlabki she’riy to’plamlari — «Birinchi 
daftar», «Qalb qo‘shiqlari» 1949 yilda nashr etildi. O’zbek paxtakorlarining mardonavor kurashi, 
yangi yerlar ochishdagi fidokorona mehnatlaridan hikoya qiluvchi «Chollar» (1948) asari bilan u 
she’riyatimizda dostonchilik janrini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. Davrimizning yuksalish 


yo‘lidagi muhim pog’onalari, o‘zbek dehqonlarining fidokorona mehnati, xalqlar do‘stligini 
kuylash, zamonamiz kishilari ongida Vatan tushunchasining muqaddasligini ifodalash uchun 
«Rossiya», «Ikki qoya», «26 tongotari», «Dostonlar» (1970) kabi asarlariga mavzu bo‘lgan. 
Adib ijodida insonning ma’naviy kamolotini kuylash birinchi o‘rinda turadi. U asarlarida dastlab 
hayotimizdan chetda qolganlarni qattiq qoralaydi, kishilarni inson degan sharafli nomga munosib 
bo‘lishga chaqiradi, insonni ulug‘lovchi fazilatlarning eng buyugi mehnat deb biladi. Uning bu 
fikrlari «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson 
uchun» (1964) she’riy to‘plamlarida o‘z ifodasini topgan. 
Shukrullo bolalar uchun ham ijod qildi. Uning «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) kabi 
kitoblarida do‘stlik, Vatanga muhabbat, ona yurt tabiatini ulug‘lash g‘oyalari tarannum qilinadi. 
Shoirning «Rossiya», «Ikki qoya», «Ikki yoshlik» singari she’riy to‘plamlarini qardosh va xorijiy 
xalqlar o‘z ona tillarida sevib o‘qiydilar. Adib dramatik asarlar ham yaratdi. Uning «Xatarli yo‘l», 
«Tabassum o‘g‘rilari» (1977), «O’g‘rini qaroqchi urdi» (1984) dramalari respublikamiz teatrlari 
sahnasida namoyish qilingan. 
Shukrullo “Zarralar” (1973), «Suyanchiq» (1977), “Yashagim keladi” (1978), «Sening baxting» 
(1986), she’riy majmualarini hamda «Kafansiz ko‘milganlar» romanini o’quvchilar hukmiga 
havola etdi. U o‘zining “Zarralar” to’plamida o‘zbek she’riyatidagi ruboiy janrini yangi mazmunda 
davom ettiradi. Ularda hayot saboqlaridan chiqariladigan katta mazmundagi xulosalarini ixcham, 
lo’nda ifodalab berdi. 
U o’zining “Toshkent, 26 tongotari» dostoni uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor 
bo’lgan. 
Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg’a etilgan 
o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og’ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan 
kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning «Kafansiz ko‘milganlar» romani ana shu 
voqealarning badiiy ifodasidir. Shukrullo ham ijodkor, ham jamoat arbobi, ayni paytda 
O’zbekiston Prezidentlik Kengashi a’zosi vazifasida faollik ko’rsatmoqda. U O’zbekiston xalq 
shoiridir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin