Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 


 
MAQSUD QORIYEV (1926)
Jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Urush yillarida Toshkent 
tumani Yunusobod qishlog‘i jamoa xo‘jaliklarida oddiy mehnat bilan shug‘ullangan. 1947 yilda 
esa Toshkent yuridik institutini tugatib, o‘sha yerda aspiranturada qoladi. Keyinchalik yuridik 
fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ham ega bo‘ladi. U ko‘p yillar O’zbekistoi Oliy Kengashi 
noibi bo‘lgan. 
Adibning jurnalistik faoliyati 1949 yil «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasidan boshlanadi. 1952—1954 
yillarda esa «O’zbekiston kommunisti» oynomasida bo‘lim boshlig’i, 1954— 1963 yillarda 
“Toshkent haqiqati” ro‘znomasida avval bosh muharrir o’rinbosari, so‘ng bosh muharrir bo‘lib 
ishlaydi. 1963—1984 yillargacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasiga boshchilik qiladi. 1984—
1988 yillarda «Mushtum» oynomasining, hozirgi kunda «Mehrigiyo» ro‘znomasining bosh 
muharriridir. 
Maqsud Qoriyev adib sifatida 60-yillarning 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy 
matbuotlarda ko‘rina boshlaydi. Uning «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), 
«Afrosiyob go‘zali» (1974), «Tunalar baland uchganda» (1976), «Siz uzatib borganda» (1978) 
kabi hikoya va qissalar to‘plami va «Spitamen» tarixiy romanlari o‘z kitobxoniga yetib borgan. U 
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hamdir. 
 
 
ODIL YOQUBOV (1926)
Odil Yoqubov Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq 
qishlog’ida xizmatchi oilasida 1926 yili tug‘ildi. 1944 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1945—1950 
yillarda Qizil Armiya safida xizmat qildi. Yosh askar sovet-yapon urushi muhorabalarida ishtirok 
etadi. 
1951—1956 yillarda u O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetida o‘qiydi. 1955—
1959 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning 
(1959— 1963, 1967—1970) respublikamizdagi maxsus muxbiri, «O’zbekfilm» kinostudiyasida 
va Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G’afur G’ulom nashriyotida bosh 
muharrir (1970—1982) o‘rinbosari bo‘lib ishladi. So‘ngra «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» 
ro‘znomasining (1982—1989) bosh muharriri bo‘lib xizmat etdi. Hozirgi davrda u O’zbekiston 
Yozuvchilari uyushmasining faxriy raisidir. 
Odil Yoqubovnipg birinchi yirik asari — «Tengdoshlar» povesti 1951 yilda bosilib chiqdi. Uning 
«Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (1958) kabi komediyalari Hamza 
nomidagi o‘zbek akademik drama teatri sahnasida qo‘yildi. 
1956 yilda «Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlar to‘plami nashr etildi. Keyin birin-ketin «Bir 
feleton» qissasi (1961), «Muqaddas» (1963), «Sanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» 
(1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa» (1969) nomli 
romani Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi voqelikni aks ettiradi. 
«Qanot juft bo‘ladi» (1969) povesti vrachlar, me’morlar, ishchilar mavzui bilan birga murakkab 
ijtimoiy va axloqiy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan. Muallif unda ravshan, esda qoluvchi 
obrazlar yaratgan. «Izlayman» povestida 1945 yil yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari 
aks ettiriladi. U ma’lum ma’noda avtobiografik asar hamdir. Chunki, muallifning o‘zi o’sha 
voqealarning jonli guvohi. 
Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan «Ulug‘bek xazinasi» romanida (1974) ulug‘ o‘zbek 
astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko’rsatib, progressiv va 
reaktsion kuchlar orasidagi kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, 
mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan. 
Boshqa bir yirik asari — «Ko‘hna dunyo» romanida O’rta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy 
va Ibn Sino hayoti va fojeali taqdiri qalamga olinadi. Ularning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga 
qo‘shgan buyuk hissalarini umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy 
mavzularda ham «Diyonat» (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik polotnolar 
yaratdi. Agar yozuvchi o‘zining «Diyonat» romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib 
kelishini ko’rsatsa, «Oqqushlar», oppoq qushlar» romanida esa turg’unlik davri illatlarini, ildizi va 
oqibatlarini ro‘yi-rost gavdalantirib beradi. Har ikki holda ham zamondoshlarimizni ma’naviy, 


axloqiy pokizalikka da’vat etadi. 
Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida namoyish qilingan «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam 
dilim» (1956), «Yurak yonmog‘i kerak» (1957), «Olma gullaganda» (1960) va boshqa 
p’esalarning muallifidir. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib 
kelmoqda. 
O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov Mehnat Qizil Bayroq ordeni hamda Yaponiya 
ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan. «Ulug’bek xazinasi» romani uchun 
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 
Ijodkor, muharrir, nosir, Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi vazifalarida xizmat qilib keldi. Shu 
kunlarda Odil Yoqubov O’zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi respublika Atamalar 
komitetiga rahbarlik qilmoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin