XUDOYBERDI TO’XTABOYEV (1933) O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboev
Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach, O’rta
Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim oldi. U ko‘p vaqt «Toshkent
haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri va
boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir,
«Sharq yulduzi» oynomasida muharrir o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh
muharriridir.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli
hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi»
(1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar
ommasining mehr-muhabbatini qozondi.
U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru
muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini
qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq
devni minib» (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar
adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh
bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi
yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun
Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).
Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak»
nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi o‘zbek
jurnalistikasida A. Qodiriy, K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik borasia ham
ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining ajoyib namunalari
sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z amaliy hissasini qo‘shgan.