«Odamlar» (1961) hikoyasi bilan keng kitobxonlarga, ustozlarga tanilgan.
Ulkan adib Abdulla
Qahhor o‘sha yillarda yozuvchi O’lmas Umarbekovning «Boboyong‘oq» hikoyasi bilan Uchqun
Nazarovning mazkur «Odamlar» hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan
edi. Shundan buyon adibning «G’urur» (1965, hikoyalar), “Jur’at” (1977, qissa va hikoyalar),
«Sadoqat» (1965), “Listopad» (1976,) Moskvada rus tilida nashr etildi.
Shuningdek, adibning
«Vernost» (M., 1987, rus tilida) hikoya va qissalaridan iborat nasriy asarlari to‘plami chop etildi.
Uchqun Nazarov o‘zining “Iqror», «Odamlar», «G’urur» kabi hikoyalari
bilan keng kitobxonlar
orasida munosib obro‘ topdi. Nasr sohasidagi uning so‘nggi va eng yirik asari «Chayon yili»
romani ham o‘quvchiga manzur bo‘ldi.
Ma’lumki, Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, ular orasida «Oina»
(1987) dramasi shuhrat topdi va Hamza nomli drama teatrida sahnalashtirildi.
U kinorejissyor, kinostsenarist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, uning —
«Surayyo», «Siz va yigit», «Shiddat», «Alangali sohil» va uch bo‘limdan iborat «Qo‘qon
voqeasi»
kabi badiiy filmlari elga, tomoshabinga manzur bo‘lgan. Ana shu so‘nggi filmi uchun
unga 1977 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U «O’zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan artist” hamdir.
Eng muhimi, ijodkor qaysi janrda,
qanday mavzuda asar
yozmasin, hamisha insoniylikni ulug‘lashga, ular o‘rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot
qilishga, o‘zaro birbiriga muruvvatli, shafqatli bo‘lshnga chorlab keldi. Xuddi shu hol u yaratgan
qahramonlarning ma’naviy-axloqiy butunligini ta’minladi.
Dostları ilə paylaş: