Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HUSNIDDIN SHARIPOV (1933)
Taniqli shoir Husniddin Sharipov 1933 yili Namanganda tug’ildi. U o‘rta ma’lumotga ega 
bo‘lgach, Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining o‘rmonchilik fakultetida 
(1949—-1954) tahsil oldi. So‘ngra u o‘rmon xo‘jaligi idorasida injener (1954—1956), 
«Namangan haqiqati» ro‘znomasida mas’ul kotib (1956—1960), «O’zbekiston madaniyati»da 
adabiy xodim, (1960—1962) «Sharq yulduzi» oynomasi (1962—1969) muharririyatida bo‘lim 
mudiri lavozimlarida xizmat qildi. 
Husniddin Sharipovning birinchi she’riy kitobi «Nihol» 1956 yili nashr etildi. Shoirning «Ko‘ngil 
buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1962), «Yerning qalbi» (1962), «Tuproqqa qasida» 
(1965), «Men sizga aytsam» (1968), «Chavandoz», (1974), «Xirmon» (1985), «Yana visol» 
(1987) she’riy kitoblari, «Bir savol» (1973) she’riy romani kitobxonlar mehrini qozondi. 
Shoir keyingi yillarda «Sotvoldidan salom» «Tanovar», «Birinchi dovon», «Adolat zamini» kabi 
qator asarlarini o‘quvchilar hukmiga havola etdi. 


Husniddin Sharipov «Seni sevaman» (1958), «Ota o‘g‘li» (1965), «Afsona» (1974) pesalarining 
ham muallifidir. 
Shoir o‘z asarlarida davrining eng muhim masalalarini, xalqimizning fidokorona mehnatini, xalq 
va Vatan baxt-saodatini kuylab kelmoqda. Unga «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat 
xodimi» unvoni berilgan. 
 
 
O’LMAS UMARBEKOV (1934)
Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish 
baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , bahra topadilar. 
Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan 
adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning adabiyotimiz baxtiga bunday 
chinakam iste’dod sohiblari anchagina. 
O’lmas Umarbekov ham ana shunday iste’dodlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallab 
kelayotgan sermahsul, hozirjavob adiblar sirasiga kiradi. Uning tarjimai holi ham o‘z 
tengdoshlariniki kabi oddiy. U 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan. O’rta maktabni muvaffaqiyatli 
tugatgach, Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetiga kirib, 1956 yilda uni a’lo 
baholarga bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsaga qiziqqanman, — deb hikoya qiladi 
yozuvchi.—Keyinchalik, uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham bo‘lmoqchi bo‘lganman. 
Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni 
tugatganimda hech ikkilanmasdan Toshkent dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim. 
Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi bo‘lsa, adabiyotsiz, badiiy ijodsiz hayotimni tasavvur 
qilolmayman». 
Mana, shunga ham qariyb o‘ttiz besh yil bo‘ldiki, u tinimsiz izlanish, ijod bilan band. Shu 
kungacha uning o‘nlab hikoyalari, qissalari, «Odam bo‘lish qiiyin» romani, «Qiyomat qarz», 
«Shoshma quyosh», «Oqar suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga 
ko‘ra», «Kurort», «Yer yonganda» kabi o‘nlab dramatik asarlari yaratildi. Shuningdek, «Ikki 
soldat haqida qissa», «Radi drugix», «Vstrecha u visokix snegov» kabi kinofilmlar uchun 
ssenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani (1971) respublika komsomol mukofotiga, «Ikki 
soldat haqida qissa» (1977) Hamza nomidagi Respublika Davlat sovriniga, «Damir 
Usmonovning ikki bahori» qissasi esa (1984) N. Ostrovskiy nomidagi Butunittifoq adabiy 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning tug’ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan O’zbekistonda 
xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Va nihoyat, 1992 yilda «O’zbekiston xalq 
yozuvchisi” degan yuksak sharafga ega bo‘ldi. 
Oddiy jurialistlikdan ish boshlagan O’lmas Umarbekov bu yillar davomida respublika radiosida 
muharrir, bosh muharrir bo‘lib ishladi. 1971-1974 yillarda esa Uzkompartiya Markazqo‘mida 
avval madaniyat bo‘limida instruktor, so‘ng radio, televidenie sektorining mudiri bo‘lib xizmat 
qildi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O’zbekfilm»ga boshchilik qildi. 1982 yilga kelib, O’zbekiston 
madaniyat vazirining o‘rinbosari, keyinroq vazir bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘p o‘tmay u 
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rais (1985) etib saylandi. Ayni chog‘da Osiyo va Afrika 
yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashi noibi etib 
saylandi. Nihoyat, 1989—1991 yillarda u Respublika Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari 
bo‘lib ishladi. 
U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida asar yaratmasin, 
hamisha o‘z eli, yurti g‘ami bilan yashadi. Ular yelkasidagi turmush yukini yengillashtirishga 
intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman bo‘ladimi, xoh sahna asari 
bo‘ladimi, 
hamma-hammasida 
insonlardagi 
ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni 
ardoqlashga, 
ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir ijodkor uchun katta baxt, 
hayot va ijod oldidagi maqsada hamdir. O’lmas Umarbekov ham shunday baxt qushi 
qo‘nganlardan biridir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin