Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
NORMUROD NARZULLAYEV (1934)
Normurod Narzullayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga o‘zining ko‘p qirrali ijodi bilan barakali 
hissa qo‘shib kelayotgan shoirlardan biridir. 


U 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jahayron qishlog‘ida dehqon 
oilasida dunyoga keldi. U yetti yillik ma’lumotni o‘z qishlogidagi maktabda oldi. 1948 yilda 
Oxunboboev nomli Qarshi pedagogika bilim yurtiga kirib o‘qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat 
pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi. 
Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi: «Lenin yo‘li» (Samarqand), «Qashqadaryo haqiqati» 
(Qarshi) ro‘znomalarida musahhih, adabiy xodim, bo‘lim mudiri va mas’ul kotib vazifalarida 
ishladi. 1968—1969 yillarda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat dorilfununining o‘zbek 
adabiyoti kafedrasi aspiranturasida o‘qidi. 
Normurod Narzullayev 1969 yilda O’zbekiston KP Samarqand shahar komiteti propaganda va 
agitatsiya bo‘limining mudiri bo‘lib ishladi. 1970 yil yanvaridan 1974 yil iyuligacha O’zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limining instruktori, sektor mudiri lavozimlarida 
xizmat qildi. 1974 yilda O’zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari va 
Rayosat a’zosi etib saylandi. 1976 yildan 1981 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 
kotib va kotibiyatning a’zosi vazifalarida ishladi. 
Shoir 1981 yil dekabrida O’zbekiston LKSM Markaziy Komiteti «Yosh gvardiya» nashriyoti bosh 
redaktori etib tasdiqlandi. 1991 yildan e’tiboran O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi «Kamalak» 
nashriyotmatbaa birlashmasining bosh muharriri vazifasini bajarmoqda. 
Shoir ijodiy faoliyatini 1954 yildan boshlaydi, vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk she’rlari 
bosiladi. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk she’riy to‘plami — 
«Suyunchi» (1965) bosilib chiqadi. Bugunga qadar shoirning o‘ttizga yaqin kitoblari bosilgan. 
«Sizni Vatan erkalar» (1966), «Mehr chashmasi» (1970), «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda 
ko‘zlarim» (1973), «Yog‘du» (1974), «Nigohlar» (1976), «Lahza va larza» (1978), «Sevgi sehri» 
(1981), «Oq samanim» (1982), «Tong elchisi», (1984), «Shamolni ushlagan bola» (1985), 
«Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Aniq zaqt» (1989) kabi to‘plamlarning muallifidir. Shoirning 
rus tilida «Visokoe solnse» (1974), «Dobriy svet» 1977), «Poyot dutar» (1977), «Mgnovenie» 
(1982), «Dixaniye trav» (1983), «Malchik poymavshiy veter» (1990) kitoblari chop etilgan. 
Bundan tashqari, shoirning «Muhabbatdan tug’ilgay» kitobi ozarbayjon, «Qo‘shchinor» to‘plami 
tojik tilida nashr etilgan. 
Normurod Narzullayev asarlari chet ellik she’riyat muxlislariga ham yaxshi tanish: uning she’rlari 
ingliz, vetnam, chex, nemis, polyak, turk, hiyad, ispan, frantsuz kabi tillarga tarjima qilingan. 
Normurod Narzullayev adabiyotga oid bir qator ilmiy, adabiytanqidiy maqolalar muallifidir. «Xalq 
bulbuli», «Do‘stlik mushoirasi» hujjatli filmlari ssenariysi, «Vijdon isyoni» dramasi ham uning 
qalamiga mansub. 
Normurod Narzullayev «Narziy» taxallusi bilan qo‘shiqnavis shoir sifatida mashhur. Uning 
she’rlari asosida yaratilgan ko‘plab qo‘shiqlar Butunittifoq va respublika konkurslarida maxsus 
sovrin va diplomlar bilan taqdirlangan. Ayni paytda shoirning 200 dan ortiq qo‘shiqlari 
muvaffaqiyat bilan ijro etilmoqda. 
Normurod Narzullayev badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod etmoqda. Ayniqsa, Osiyo va 
Afrika mamlakatlari shoirlarining ijodidan qilgan tarjimalari o‘zbek kitobxonlariga manzur bo‘ldi. 
Ijodkor 1974 yilda «Mehr chashmasi», «Zarafshon zarlari», «Ufqlarda ko‘zlarim» she’riy 
to‘plamlari uchun O’zbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati unvoniga sazovor bo‘lgan. 
1984 yilda O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berildi. 
Normurod Narzullayev o‘z ovozi va ijod dastxatiga zga serqirra ijodkor bo‘lib, uning asarlarida 
yuksak grajdanlik, samimiyat, burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, jonajon o‘lka tabiatiga, o‘z 
ona eliga maftunkorlik tuyg’ulari yetakchi o‘rinni egallaydi. Chindan ham u o‘zi aytganidek: 
Hayot bo‘lib keldim dunyoga,
Qo‘shiq bo‘lib qolayin, deyman!
,— deganda haq. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin