Microsoft Word O'zbek adiblari doc


ABDUVALI QUTBIDDIN (1960)



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

ABDUVALI QUTBIDDIN (1960)
Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozik ta’b va yuksak didli qalamkash. U 1960 yilning 20 
iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tavallud topgan. Aslida uning ota-onasi 
Shayxovandtohur mahallasidan Xo‘ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi. Oktyabr 
to‘ntarishi va qatag‘onlik davrining ur-yiqit shamoli bu oilaga ham soya solmay qolmagan. Yillar 
davomida Samarqand, Qashqadaryo vohalarida ko‘chirib yuborilganlar qatorida istiqomat 
qilishgan. 
Shu tufayli Abduvali Qarshida tugilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978 yilda Toshkent Davlat 
dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. 
Samarqand viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li» hozirgi «Zarafshon»da faoliyat ko‘rsatadi. 1985 
yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida 
muharrir bo‘lib ishlaydi. 1990 yilda «Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval yetakchi 
muharrir va hozirda bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda. 
U oilali, ikki o‘g’il, ikki qizi bor. 
Hozirda uchta she’riy to‘plami nashr etilgan. Shoirning «Nayson» (1988), «Humo» (1989) va 
«Baxtli yil» (1991) to‘plamiga kirgan she’rlari oddiy, sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi 
bilan ajralib turadi. Qarang: 
Uyalib — tug’ildim,
Uyalib — yashadim,
Uyalib o‘larmen. 
Axir bu butun o‘z xalqi axloqi, odobi,ma’naviyatiga dahldor she’riy marjonlar emasmi?! Yoki 
«Baxtli yo‘l» to‘plamiga kirgan «Yer qa’riga», «Ikki amakimga xat» she’ridagi falsafaga diqqat 
qiling. Unda dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadi, ketadi, poklik, muhabbat, 
yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg’ular qoladi degan xulosaga keladi. Va deydiki, bu omonat 
dunyoda, omonat ko‘prikda ana shu adabiyot tinch, pok bo‘lsin: 
Omonat ko‘prikning ustida mahkam, .
Tinch-u, pok bo‘lsin tirik abadiyat. 
Shoir biz bilan bir suhbatda mening tarjimai holim aytarli kitobxonga namuna bo‘lolmas, degan 
andishaga ham bordi. Hurmatli kitobxon, shoir Abduvali Qutbiddin kelajak shoiri, shu kunning 
shoiri. Hali u o‘nlab to‘plamlar, asarlar yaratib beradi, sizni xushnud etadi, deb ishontirsa bo‘ladi. 
 
 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin