Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ERKIN A’ZAM (1950)
Erkin A’zam 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. 1967 yili 
tumandagi 1-o‘rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika 
fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan. 
Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so‘ng «Guliston» oynomasida 
bo‘lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981 yildan 
1986 yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o‘tib, Erkin Vohidov rahbarligida jurnalning 
shakllanishiga, o‘z muxlisini topishiga jonbozlik ko‘rsatdi. Proza bo‘limini boshqargan yosh adib 
o‘z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo‘lib, oyoqqa turishida munosib 
hissa qo‘shdi. 
1986—1992 yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sai’at nashriyotida ko‘p 
jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o‘zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda 
o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 
Erkin A’zam bugungi kunda O’zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh direktorining 
birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda. 
Adibning ilk hikoyasi uning o‘quvchilik yillarida yaratilgan, viloyat ro‘znomasida bosilgan. Biroq 
talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar kitob chop ettirishga 
shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqdar o‘chmagan kecha» nomli hikoyalar to‘plami 
bosilib chiqdi. Bu mo‘jaz kitobcha o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotida yangi bir iste’dodli 
hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari olovli 
kechinmalari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo‘lib, hikoya uslubi o‘z jozibasi bilan 
o‘quvchini sehrlab oldi. 1981 yilda chop etilgan «Otoyining tug‘ilgan yili» qissa va hikoyalar 
to‘plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o‘zining lirik tasvir 
uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi. 
Shundan so‘ng iste’dodli adibning «Olam yamyashil» (1984), «Javob» (1987), «Bayramdan 


boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va hikoyalar to‘plamlari 
bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, 
burch, oddiy iisoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks ettiriladi. Erkin A’zam prozasi 
Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayev ijodiy namunalari kabi lo‘nda va to‘la ifodasi, shafqatsiz 
realizmi va professional mahorati bilan boshqa yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi. 
Erkin A’zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg‘or, chex 
tillariga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga 
mahorat bilan tarjima qilgan. 
Yozuvchi 1982 yilda respublikamiz Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo‘lgan. 
Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi asosida badiiy film suratga olingan. 
Hikoyalari radiopostanovka qmlangan Erkin A’zam ayni ijodiy kamolat yoshida ilhom bilan ijod 
qilmoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin