Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
IKROM OTAMUROD (1951)
Ikrom Otamurod 1951 yili Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Kasbi qishlog’ida tavallud topgan. 
O’rta maktabni Komilon qishlog’ida tugatgan. 1969—1974 yillarda Toshkent Davlat 
dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil ko‘rgan. 1974—1975 yillarda O’zbekiston Davlat 
qomusida muharrirlik qildi. 1975 yildan to shukunga qadar «Sharq yulduzi» adabiy oynomasida 
adabiy xodim, she’riyat bo‘limining mudiri lavozimlaridaishlab kelmoqda. 
Ikrom Otamurod o‘z tengdoshlari orasida falsafiy mushohadasining kengligi, minbar shoirligi, 
notiqligi bilan ajralib turadi. Uning she’r va dostoilarida ustoz Maqsud Shaixzoda nafasi ufurib 
turadi. 
Shoiriing 1982 yilda «Vaqt ranglari», 1983 yili «Janub qushlari», 1983 yilda «To‘rg‘ayli 
manzillar», 1987 yilda «Ufqlar orti bepoyon», 1992 yilda «Xaritaga tushmagan joylar» va 
«Uzoqlashayotgan og‘riq» she’riy kitoblari chop etilgan. 
Ikrom Otamurodiing falastin iyuiri Muin Bsisuga bag‘ishlangan «Yarador umid otlari» dostoni 
(1986) o‘zbek poeziyasining 80-yillar davri uchun voqea bo‘lgan. Dostonda xorijlik ijodkor 
vositasida Vatan dardlari, iison qalbining po‘rtanalari, mustaqillik, Ona yurt obrazi mavzui kuchli 
his hayajon bilan badiiy ifodalangan. 
Shoir falsafiy mushohadaga yo‘g‘rilgan she’riy uslubiga sodiq qolib, 1990 yili «Uzoqlashayotgan 
og’riq» dostonini yaratdi. Bu asarda zamondoshlarimizni tobora tark etib borayotgan e’tiqod, 
burch, insoniylik tushunchalari qalb tug‘yoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan. 
Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. Mahmud Darvish, Muin Bsisu (Falastin), Uold Uitmen 
(Amerika), Pablo Neruda (Chili), O’ljas Sulaymon (Qozog’iston), Yevgeniy Yevtushenko 
(Rossiya), Voris Oleypik (Ukraina), Bozor Sobir (Tojikiston) kabi shoirlar she’r va dostonlarini 
o‘zbek tiliga ag‘darib, respublikamiz kitobxonlariga taqdim etgan. 
Ayni paytda Ikrom Otamurodning o‘z she’r va dostonlari ham turk, arab, bulg‘or, rus, moldovan, 
ozarbayjon, qozoq, qirg’iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan. Shoirning o‘zbek adabiyotining 
atoqli namoyandalari ijodi haqidagi publitsistik va adabiy suhbatlari ko‘pchilikka tanish. Ikrom 
Otamurod ayni ijodiy balog‘at yoshida katta ilhom bilan qalam tebratmoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin