Xuddi shu misralar Oybek domlaning quyosh haqida quyidagi misralarini eslatadi:
Quyosh nurin sochaver mo‘l-mo‘l,
Chaman, ketma bizning boglardan!
Tohir Qahhor ajoyib topilma shoirgina emas, ayni chog‘da yetuk publitsist, mohir tarjimon
hamdir. Uning milliy tariximiz, madaiiyatimiz, millatimiz taqdiri haqidagi, adabiyotimiz va
merosimiz haqidagi chuqur ilmiy tafakkur bilan yozilgan o‘nlab maqolalari nafaqat publinistika
janrini, balki adabiyotshunosligimizning ham yutug‘i desa bo‘ladi.
U tarjimon sifatida buyuk turk shoiri Ziyo Ko‘kalpning «Ergeno‘ko‘n» dostoni va qator she’rlarini,
fors adabiyoti namoyandalari Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiy g‘azallarini, arab
adabiyotining klassiklari Abu Tammom, Al-Maariy, qolaversa, A.S.Nugakin, Fet, Tyutchev
she’rlarini va yana ko‘plab Sharq va G’arb adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga
ag‘dardi. Shuningdek, kolumbiyalik mashhur adib G.G.Markesning «Oshkora qotillik
qissasi»ning ham tarjimonidir U bunday faol xizmatlari uchun Ahmad Yassaviy mukofoti
sovrindori, O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan sharafga ega.
Shoir bundan qariyb o‘n yillar oldin, hali Respublikamiz mustamlaka girdobidan chiqib, mustaqil
bo‘lmaganida yozgan edi:
Mustamlaka yurt - ulkan Zindonning xuddi o‘zi:
O’z qulligin ko‘rmaydi Unda tiriklar ko‘zi.
Ha, u dardli shoir, chuqur ilmiy tafakkur egasi, xususan, uning «Tog‘ning parvozi» to‘plamidan
ajdodlar tarixi, etnografiyasi, turon va turk eli, uning tabiiy sharoiti, tuzilishi, daryo va tog’-adrlari
geografiyasi haqida yangi-yangi ma’lumotlar olasiz. Tafakkuringizni boyitibgina qolmay,
ajdodlarga yana bir bor ixlosingiz oshadi.
Dostları ilə paylaş: