Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SHAROF BOSHBEKOV (1951)
Iste’dodli yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. U 
adabiyotning qutlug‘ dargohiga 80-yillarning boshlarida kirib kelgan edi. 
Dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rdi. Binobarin, uning «G» varianti» hikoyasi 
(1981), «Jumboq» (1986) hajviyasi, «G’urur» (1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga keldi. 
Shundan so‘ng uning ketma-ket rang-baraig mavzudagi sahna asarlari yaratildi. Jumladaan, u 
«Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim» (1987) kabi komediya, «Qasosli 
dunyo» qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988) 
«Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari yaratildi. So‘nggi vaqtda unipg «Taqdir eshigi» 
dramasi yozildi. 
Ayniqsa, uning «Temir xotin» p’esasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji 
davrida inson ongi, dunyoqarashi, psixologiyasida sodir bo’layotgan jiddiy o’zgarishlar hajviy 


yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari 1989 yilda Maqsud 
Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika davlat 
mukofoti berildi. 
 
 
XURSHID DAVRON (1952) 
Iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand 
viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog’ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni 
tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotining kechki bo‘limida o‘qib, 
kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973 yillar davomida Olmoniyadagi sovet 
qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 
yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi. 
Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab tuman ro‘znomasi «Sharq tongi», viloyat 
ro‘znomasi «Lenin yo‘li»da bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston» 
oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978 yillar davomida bir 
qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon 
quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari 
nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning 
ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989), 
«Samarqand xayoli» (1991). 
Hozirgi kunda uning yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashrga 
tayyorlanmoqda. 
Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib keladi. 
Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va zamonaviy 
yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat haqida yozilgan jahon 
she’riyati» durdonalari) hamda «Yetti darvesh daftari» (klassik xitoy she’riyatidan namunalar) 
kitobi ham nashriyotga topshirilgan. 
1974 yili «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari” she’riy kitoblari uchun unga O’zbekiston Lenin 
komsomoli mukofoti berilgan edi. Ammo u 1992 yilning boshida bu mukofotdan voz kechib, 
qaytarib topshiradi. Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va qissalar yozish bilan band. 
Xurshid xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi hamisha millatparvar, vatanparvar va 
bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati keng ilmiy tafakkurga ega 
ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin