to‘plami ham bosiladi. To‘plam uch qismdan iborat bo‘lib: a) iztirobning ko‘zi; b) yaxshilikning tili;
v) tarixiy zarurat kabi nomlar bilan turkum holida beriladi.
Unda shoirga zamondosh bo‘lgan ayrim kimsalarning loqayd, maqsadsiz, o‘zi uchun yashash
tarzi qoralanadi. Aksincha, faolroq, tiyrakroq, ziyrakroq yashashga chorlaydi.
Shoir «Olis tabassum soyasi» to‘plamida qadimiy turkiy bitiklarning taqdiri, qadr-qimmati haqida
kuyinib kuylaydi.
Muhammad Solih she’riyati lirik-falsafiy oqimning yaxshi namunalari bo‘lib, o‘z bag‘rida G’arb va
Sharq she’riy san’atlarini jobajo qilganligi bilan ajralib turadi.
USMON AZIMOV (1950)
Iste’dodli shoirlardan biri Usmon Azimovdir. U 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun
tumanida tug’ilgan. 1972 yilga kelib Toshkent Davlat dorilfununini tugatgan. So‘ngra sobiq Sovet
Armiyasi saflarida xizmat o‘tagan. U dastavval jurnalist sifatida Respublika radiosida, bir qator
ro’znoma va oynomalarda, nashriyotlarda faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda esa Respublika
Prezidenti devonida Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Usmon Azimov shoir sifatida 70-yillarda matbuotda ko‘rina boshlagan. 1978 yilga kelib,
shoirning birinchi to‘plami «Insonni tushunish» nomi bilan nashr bo‘lgan. Shundan so‘ng uning
ketma-ket «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Otrajeniye» (1983) kabi she’riy to‘plamlari chop
bo‘ladi. «Bir qadam» nomli radiodramasi, bolalar uchun «G’aroyib ajdaho» (ertak), «Bog‘dagi
bog‘cha» kabi bir qator asarlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, «Dars» (1987), «2 aprel» (1988),
«Baxshiyona» (1988), «Uyg‘onish azobi» (1991) singari she’riy to‘plamlarni yaratadi. U yaratgan
o‘nlab she’rlar, dostonlar faqat mavzu, janr va uslub jihatidan emas, balki jo‘shqin, shiddatli va
ayni chog‘da beg‘uborligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, uning
asarlarida hayotdagidek kuchli dramatizm va fojeaviylik o‘quvchini hayajonga tortadi. Eng
muhimi, uning she’r va dostonlarida ona Vatan ishqi, ona xalq tashvishlari, kelajak muammolari
goh zamonaviy mavzularda, goh tarixiy-qiyosiy tarzda, goh folklor an’analari ruhida o‘zining
chuqur realistik ifodasini topadi. Ha, shoir o‘zi haqida aytganidek:
O’ynoq-o‘ynoq, og‘ir-og‘ir oqmoqda umrim.
Goh ko‘z yumib, goh ufqqa botmoqda umrim.
Bor jonini sadqa aylab she’rga, qo‘shiqqa,
Siz yo‘qotgan sururlarni topmoqda umrim.
Usmon Azim ijodi hozir kamolot bosqichida. Ishqilib zavol topmasin, el-yurt uchun umrini, ijodini
baxshida etgani rost bo‘lsin. U V.Mayakovskiy nomidagi Gruzin Davlat mukofoti sovrindoridir.
Dostları ilə paylaş: