ijodi 60-yillarning oxiri va 70-yillar boshida boshlangan bo‘lib, «Mening osmonim» (1978) nomli
birinchi she’rlar to‘plami bilan keng kitobxonlarga tanilgan.
Shundan buyon shoirning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari va bir qator dostonlari chop etildi.
Jumladan, «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo ko‘li» (1986),
«Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim-suyganim» (1992) kabi she’riy guldastalari
o‘quvchilarning sevimli kitoblari bo‘lib qoldl. Ayniqsa, uning «Sarbadorlar» fojeasi,
«O’zbekiston», «Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha yoki Imorat» kabi dostonlari ma’lum
va mashhurdir. Ularda zamon va davr, zamondoshlar va tengdoshlar taqdiri, fojeasi, intilish va
kurashlari chinakam hayot haqiqati darajasida o‘z ifodasini topgan.
Shoir chuqur falsafiy mushohadalarga boy «O’zbekiston» dostoni va bir turkum she’rlari uchun
Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi birynchi xalqaro mukofotga (1991) sazovor bo‘lgan. Ayni
chog‘da shoir Azim Suyun 1992 (21—24 may) yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Turkiy
uluslar
adabiyotida turkiy til» anjumanida Turkiya yozuvchilar Birligining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Uning bir qator she’rlari, she’riy turkumlari,
kitoblari, rus, ingliz, turk, qozoq, tojik, tuva kabi
o‘nlab tillarga tarjima qilingan.
MUROD MUHAMMAD DO’ST (1948)
Iste’dodli adib Murod Muhammad Do‘st 1948 yili Samarqapdning Jom qishlog’ida tug’ildi. U
Toshkent
Davlat dorilfunuiini tugatgach, Moskvada Adabiyot institutida tahsid ko‘rdi. So‘ngra
«O’zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» oynomasida faoliyat ko‘rsatdi. Uning ijodi 70-
yillardan boshlangan bo‘lib, dastlab hikoyalar yozishdan ish boshladi.
Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami 1976 yili «Qaydasan, quvonch sadosi»
nomi bilan
nashr etildi. So‘ngra uning «Mustafo», «Iste’fo», «Dashtu dalalarda», «Galateia qissalari»,
«Chollardan biri», «Bir toychoqning kuni» kabi hikoya, qissalari chop etildi. 1983
yilga kelib,
uning«Galatepaga qaytish» nomli romani yaratildi. Shundan so‘ng u turg‘unlik davri ma’naviy,
iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi «Lolazor» (1988) romanini yaratdi. Bu roman
1990 yilda Hamza mukofotiga loyiq topildi. U hozirgi kunda O’zbekiston Reolublikasi Prezidenti
matbuot markazi rahbaridir.
Dostları ilə paylaş: