Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
TOHIR MALIK (1946)
Tohir Malik 1946 yili Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. U ham ba’zi tengdoshlari kabi 
o‘rta maktabni tugatgandan keyin kunduzlari qurilishda ishlab, kechqurunlari Toshkent Davlat 
dorilfununining jurnalistika bo‘limida o‘qiydi. Maktablarda o‘qituvchilik qiladi, nashriyotlarda 
xizmat etadi. «Lenin uchquni» ro‘znomasida bo‘lim boshlig’i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. So‘ngra 
Resdublika radiotelevideniye qo‘mitasida, «Guliston» tahririyatlarida ishladi. «Sharq yulduzi» 
oynomasida mas’ul kotib, «Yoshlik» oynomasida bosh muharrir hamda O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasi kotibi bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Tohir Malik birinchi asari 1971 yilda «Hikmat afandining o‘limi» nomi bilan chop etilgan fantastik 
qissasi bo‘ldi. So‘ngra «Zaharli gubor» (1978) ilmiy-fantastik asari «Somon yo‘li elchilari» 
(1079), «Chorrahada qolgan odamlar» (1985), «Qaldirg‘och» (1987), «Bir ko‘cha, bir kecha» 
(1988), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990) kabi o‘nlab hikoya va qissalar to‘plamlari 
chon etildi. U yaratgan nasriy asarlar o‘zga nosirlardan o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. 
Yozuvchi ko‘pincha fantastik, ilmiy-fantastik va sarguzasht yo‘nalishda yozadi. Shu orqali ham 
hayot, odamlar va jamiyat haqida ancha keng mushohada yuritadi. Shu bilan birga
«Qaldirg‘och» kabi epik asarlar ham yaratgan. Mazkur qissada Abdulla Avloniy hayoti va 
faoliyati, tarixi, taqdiri misolida 20-yillar o‘zbek ziyolilari sinfining shakllanishi haqida bahs 
yuritadi. Shu orqali xalqimiz madaniy-ilmiy dunyoqarashi, kurashnni umumlashtirib beradi. Tohir 
Malik mohir hikoyanavis, qissanavisgina emas, jamoatchi. jurnalist va tarjimon sifatida ham faol 
xizmat qiladi. Uning bolgar adabiyotidan qilgan tarjimalari, Emil Amit, Axier Hakimov, Suhrob 
Muhamedov kabi adiblar yaratgan bir qator hikoya, qissalarni o‘zbek tiliga tarjimasi keng 
o‘quvchiga taqdim etilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin