OMON MATJON (1943) Iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida
tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, Samarqand Davlat dorilfununida tahsil oladi. Sho‘ro
armiyasida xizmat etadi. 1969—1980 yillar mobaynida u Gafur G’ulom pomli Adabiyot va san’at
nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat etadi. So’ngra “Yoshlik” oynomasida bosh muharrir
bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda u Resiublika Prezidenti devonida mas’ul vazifani ado etib
kelmoqda.
Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik
shoirning eng yaxshi she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ngirog’i» (1973),
«Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni
yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlardan munosib o‘rin oldi.
Xususan «Seni yaxshi ko‘raman» to‘plamiga ayrim muhabbat haqidagi she’rlari qatorida avvalgi
sanab o‘tilgan majmualaridagi eng yaxshi asarlari saylab olingan. Shunga ko‘ra mazkur she’riy
to‘plamni shoirning kichik «Tanlangan asarlari» desa ham bo‘ladi. To‘plamlardagi «Amu»,
«Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov»,
«O’n uchinchi eshik» «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek poeziyasi xazinasidan
munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, shoir she’riyati inson qalbining turfa kechinmalari va jilolarini
rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalaydi.
Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» nomli doston-xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan
vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Unda shoir qayd etganidek, asarning
yangicha shakli, ohangi kitobxon e’tiborini tortadi. Qolaversa, qissada yuksak insoniy e’tiqod,
ma’naviyat va qadriyatlar haqida jonli bahslar davom etadi. Xususan, har qanday qirg’in
urushlar, zulmning har qanday ko‘rinishi la’natlanadi. Yana muhimi, unda muhabbat tasviri
asarga, xarakterlarga yangicha ruh, yaigicha fayz bag‘ishlaydi. Shularning hammasi shoir
kamolatiga xizmat etadi, kitobxon bilan munosabatini yanada mustahkamlaydi.
Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet ellar adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni o‘z ona
tiliga mahorat bilan ag‘dara olgan. Xususan, F.Shiller, Sh.Bodder kabi jahon klassiklaridan
qilgan tarjimalari e’tiborga loyiqdir. U adabiyot oldidagi ana shunday samarali hissasi uchun
Yoshlar mukofoti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.
Ha, xalq shoiri (1993) aytganday:
«... boshqa juda muhim gap ham aytilmoqchiday, juda muhim, juda yangi... gaplashadigan»
vaqtlar kelishiga yana bir bor ishonsa bo‘ladi.