Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HABIB SA’DULLA (1942)
Shoir, dramaturg, jamoatchi Habib Sa’dulla 1942 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. Avval 
aloqa texnikumi bilim yurtida o‘qib, Toshkentdagi ekskavator zavodida elektro payvandlovchi 
bo‘lib ishlagan. Sobiq sovet Armiyasi saflaridan qaytgach, «Mushtum» oynomasida xizmat 


qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim, «Namangan haqiqati» viloyat 
ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan 1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u 
Namangan vnloyati Madaniyat boshqarmasining boshlig‘idir. 
U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi. Uning birinchi 
she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi. 1969 yilga kelib uning 
birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada» nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‘ng uning 
«Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana ostonangdaman» kabi bir qator she’riy 
turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’ Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni — 
«Onajonim», «Men tug’ilgan yil», «Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon 
atlas» degan dostoni ham nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari, 
dostonlari va g‘azallarida jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini 
ulug‘laydi. Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi. 
U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib Sa’dulla 
yaratgan «Yusuf va Zulayho” dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon drama teatri sahnasidan 
tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni chinakam insoniy 
sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish, 
Bir she’r yozmoqchiman, bittagina she’r,
O’sha she’rni istab keldim dunyoga, 
— deb orzu qiladi shoir. Biz ham o‘sha, shoir istagan 
she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz. 
Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin