Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HOJIAKBAR SHAYXOV (1945)
Hojiakbar Shayxov fantast yozuvchi, sehrli adabiy janr ijodkori. U Xitoy Xalq Respublikasining 
Chuguchak shahrida 1945 yilning 25 martida tugilgan. O’rta maktabni bitirgach, 1964—1967 
yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971 yillarda Toshkent politexnika 
oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar mobaynida elektr tarmoqlari 
idoralarida, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutida ishlagan. 1978 yilda 
«Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig’i, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi 
kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda u «Sirli olam» 
oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish «Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri, O’zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi taftish hay’atining a’zosi. 
U yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Shu vaqtgacha uning o‘ttizga yaqii 
kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va qissalari (1972, 
hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog’i — ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Telba 
dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari kitobxonlarning sevimli asarlariga 
aylanib qolgan. Shuningdek, u «Umid sayyorasi», «Uyg’ongan vijdon», «Olis sayyorada», 
«Nishon», «Olovdan chiqqan odam», «Darxon qo‘shig’i» kabi o‘nlab hikoyalar muallifi hamdir. 
Hojiakbar Shayxov mohir tarjimon sifatida o‘nlab qardosh va chet el adiblari asarlarini o‘zbek 
tiliga o‘girgan. Ayni chog‘da u munaqqid, olim va adabiyotshunos sifatida 20 dan ortiq maqolalar 
yaratgan. Ular orasida fantastika, folklorshunoslik va mifologiyaga oid maqolalari e’tiborlidir. 
 
 
NORTO’XTA QILICH (1946)
Norto‘xta Qilich zamonaviy adabiyotimizning kenja avlodiga mansub iste’dod sohibidir. 
Norto‘xta Qilich 1946 yili Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidagi G’ishti qishlogida tug’ilgan. 
1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, «Buxoro haqiqati», «Xorazm haqiqati», 
Toshkent oqshomi» ro‘znomalarida, «Sharq yulduzi» oynomasida ishlagan. Hozir G’afur G’ulom 
nomidagi Adabiyot va san’at matbaa birlashmasida nasr bo’limi mudiri bo‘lib xizmat qilmoqda. 


Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman ro‘znomasida bosilib chiqqan. Uning «Oppoq 
tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O’shandan beri uning 
«Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig’iriq» (1988) «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli 
hikoyalar va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. 
Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamnga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, 
unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. Asar markaziga 
saylangan voqealar ko‘p hollarda dramatik, o‘tkir teranligi bilan o‘z kitobxonini jalb etadi. 
Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi, ozodabaxshligi bilan 
o‘quvchiga katta ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag’ishlaydi. Shuningdek, adibning ko‘p 
asarlari o‘zining badiiy tili, sodda, oddiy, ravonligi bilan ularning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlaydi. 
Yozuvchi hikoyalari qozoq, qoraqalpoq, belorus, ukrain va rus tillariga tarjima qilingan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin