Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MIRPO’LAT MIRZO (1949)
Shoir Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog’ida oddiy 
dehqon oilasida tug’ildi. O’rta maktabni tutatgach, o‘z tengdogdlari kabi Toshkent dorilfununining 
jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1971 yilda tugatdi. Uning mehnat faoliyati «Yosh 
gvardiya» (1971) nashriyotidan boshlandi. U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy 
maslahatchi, «Yozuvchi» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishladi, Hozirgi kunda Yozuvchilar 
uyushmasining kotibi vazifalarida ishlab kelmoqda. 
Mirpo‘lat Mirzoning ijodi dorilfunundagi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. Uning dastlabki 
she’riy turkumi 1971 yilda «Guliston» oynomasida shoir Abdulla Oripovning fotihasi bilan nashr 
etildi. Ilk she’riy to‘plami 1975 yillarda nashr etilgan bo‘lib, so‘ng «Ishq fasli» (1978), «Yaxshi 
kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988), «Atirgul va yulduzlar» (1990) kabi bir 
qator to‘plamlari chop etildi. Mazkur she’riy to‘plamlarida muallif o‘z xalqi, ona-Vatan dardi va 
kelajagini, g’alayonli davr kishilarining murakkab ichki olami, his-tuyg‘ularini, ozod o‘lkasida, 
xalqi ruhiyatida shakllanayotgan istiqlol iftixorini kuylashga intiladi. 
Kurash ummonining bir mavjiman — men,
Mavjlarning balandi, baravjiman — men,
Tagor she’ri, Iqbol sadosi — menman,
Erk uchun yonganning nidosi — menman!.
Yangi zamon keldi! Keldi yangi zamona! 
Ha, shoir davr ovozi, istiqlol da’vatkori, nurli kelajak oshig‘idir. 
Shoir publitsist va dramaturg sifatida ham qalam tebratmoqda. Mirpo‘lat Mirzo tarjimon hamdir. 
U A.S. Pushkin, B.Pasternak, A. Tvardovskiy, Ye.Yevtushenko, U. Sulaymon, A. Vozpesenskiy 
kabi iste’dodli shoirlarning asarlarini o‘z ona tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Shoir Mirpo‘lat 
Mirzo O’zbekiston Resiubdikasi madhiyasini yozgan sovrindorlardan biri hamdir. U hamisha 
izlanishda. O’zi aytganday: 
Ona yurtim, sening baxting deb,
Men qo‘limga olganman qalam,
Koshki o‘tli satrlar bitib,
Aritolsam ko‘ksingdan alam. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin