Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
JUMANIYOZ JABBOROV (1930)
Ham jurnalist, ham shoir, ham dramaturg, ham nosir Jumaniyoz Jabborov Qashqadaryo viloyati, 
Koson nohiyasidagi Po‘loti qishlog‘ida 1930 yili dunyoga kelgan. O’rta maktabni tugatib
Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rgan. 1952—1953 yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy 
kursida o‘qigan. Shundan so‘ng «Sharq yulduzi» oynomasida (1953— 1962) avval bo‘lim 
boshlig’i, so‘ng mas’ul kotiblik qilgan, 1962— 1964 yillarda «Gulxan» oynomasiga muharrir 
bo‘lgan. 1964—1976 yillarda «Sovet O’zbekistoni» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasida bo‘lim 
boshlig’i, bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. 1976—1981 yillar mobaynida 
Respublika partiya Markaziy qo‘mitasida sho‘ba mudiri, 1981—1985 yillarda G’afur G’ulom 
nashriyotida direktor, 1985—1990 yillarda esa O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi 
tarjima ishlari bo‘limi maslahatchisi, 1990 yildan to hozirgi kungacha O’zbekiston Davlat 
mukofotlar qo‘mitasi bo‘yicha mas’ul kotib bo‘lib ishlab kelmoqda. 
Jumaniyoz Jabborovning adabiy faoliyati 50-yillardan boshlangan. Hozirgacha yigirmadan ortiq 
she’riy, nasriy to‘plamlar, o‘nlab dostonlar va dramalar yaratgan. Ashsh chog‘da bolalar shoiri 
sifatida «Tog’dagi uchrashuv» (1986), «Guljahon va Hasanjon» (1968) to‘plamlarini yaratgan. 
Uning birinchi she’riy to‘plami esa 1953 yilda «Vatanimni uylayman» nomi bilan chop etilgan. 
Shundan so‘ng «Bahor nafasi» (1956), «Maqsad yo‘lida» (1958), «Tog’lar sadosi» (1961), «Ona 
yer qo‘shig‘i» (1962), «Subhidam xayollari» (1964), «She’rlar» (1966), «Sahro sanami» (1967), 
«Lirika» (1970), «Ilhom daqiqalari» (1971), «E’tiqod» (1978), ikki jildlik «Saylanma» (1980—
1981), «Xayolimda o‘zing» (1985), «Ko‘pglim go‘zali» (1991) kabi she’r va dostonlar to‘plamlari, 
«Dostonlar» (1974), «Quyosh yurti» (1983) kabi yirik poemalar majmuasi, «20 kun daftari» 
(1967), «Sohillar hikoyasi» (1978) kabi nasriy asarlar yig‘indisi nashr bo‘lgan. Shuningdek, 
«Gulshan» (1957), «Tog‘lar sadosi» (1959), «Ona yer qo‘shig‘i» (1961), «Sahro sanami» 
(1966), «Yo‘ldagi o‘ylar» (1968), «Dishloq-dagi haykal» (1970), «Muhabbat naqqoshi» (1980) 
kabi dostonlar yaratilgan. 
U mohir shoir, hikoyanavis, ocherknavisgina emas, taniqli dramaturg sifatida ham barakali ijod 
qilib keladi. Ayniqsa, u yaratgan «O’jarlar» (1971), «Yillar o‘tib» (1975), «To‘ydan oldin 
tomosha» (1979), «Mening oppoq kabutarim» kabi dramalari Toshkentda, qator viloyat 
teatrlarida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari sahnalarida qo‘yilib keladi. 
Jumaniyoz Jabborov mohir va sermahsul tarjimon sifatida Lermontov, Bayron va Firdavsiylar 
asarlarini o‘z ona tilida so‘zlatgan. 
Shoir, nosir, dramaturg va jurnalist Jumaniyoz Jabborov adabiyot va xalq oldidagi ana shu 
xizmatlari uchun qo‘sha-qo‘sha orden va medallar, faxriy yorliqdar bilan taqdirlangan. 1980 yilda 
esa unga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni berilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin