Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
TURG’UN PO’LAT (1928-1974)
Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa, davlat 
xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. 
Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab shoir sifatida 
«Bizning bobo» (1951); «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan» (1956), «Festival 
qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da «Ayollar isyoni» (1967), 
«Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra hujjat» (1970) kabi hajviy hikoyalari yaratildi. So‘pgra uning 
«Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) hajviy hikoyalar to‘plami, «Vodiylarni yayov kezganda» 
(1971) ocherklari, «Ichkuyov» (Qissa va hajviyalar» — 1979—1986 nashrlari) chop etildi. 
Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi. 
Uning «Tabarruk zaminda» (1970), «Xotinboz» (1972), «Yalovbardor» (1986) kabi asarlari shu 
jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg she’r va ocherklarida bo‘ladimi, hikoya va 
qissalarida bo‘ladimi, hayotdagi, odamlardagi nuqsonlar ustidan kulib, uni bartaraf etish yo‘lini 
izlaydi. Ayniqsa, uning «Ichkuyov» (1975) qissasi adibga shu jihatdan sharaf keltirdi: shu 
nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979 yili vafotidan so‘ng Hamza nomidagi 
Respublika Davlat mukofoti berildi. 
 
 
AZIZ ABDURAZZOQ (1928) 
Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tavallud topgan. O’rta maktabdan so‘ng madaniy-oqartuv 
bilim yurtida tahsil oladi. So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qiydi. 
U ko‘p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida «Yosh leninchi» ro‘znomasi, «Sharq yulduzi», 
«Guliston» kabi oynomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ayni chog‘da ko‘p yillar O’zbekiston 
Yozuvchilari uyushmasida ishlaydi. 
Shoirning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘ilami 1959 yili «Do‘stlarimga» 
nomi bilan chop etiladi. Shundan so‘ng «Yapa bahor» (1961), «Mavj» (1965), «Bodom gulladi» 
(1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho‘x yomg‘ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) 
kabi to‘plamlari nashr etildi. «Qalb nuri» to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning ellik yilligi 
yakuni sifatida saylanma tarzida e’lon qilingan. U o‘zining «O’roq va xanjar» she’rida yozadi: 
«Yonmoqdamen, yonmoqdamep, bu ayon dir, do‘stim bo‘lsang halal berma, sen ham yondir», 
deya yaratishga, bunyodkorlikka chorlaydi. Ha, O’zbekiston xalq shoiri Turob To‘la 
aytganidek, uning har bir she’ridan, ya’ni «Aziz she’rlaridan non hidi keladi, o‘zl kezib o‘tgan 
bog‘lar, dala-dashtlar hidi keladi». 
Ayni chog‘da~uning bolalar uchun yozilgan «Oh, qanday shirin» (1977), «Qiz va lola» (1979), 
«Tap-tap elak» (1981) kabi o‘nlab asarlari chop bo‘ldi. Ularda beg‘ubor yoshlik tuyg‘ulari, sho‘x, 
kulgili, ba’zan hajviy, kinoya-li tarzda o‘z ifodasini topdi. Kattalar uchun yozilgan asarlarida o‘z 
xalqi milliy xususiyatini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba’zan achchiq kinoya bilan almashib turadi. 
Kitobxonga katta zavq-shavq bag‘ishlashdan tashqari uni hushyorlikka, shuurga, shijoatga 


yetaklaydi. So‘nggi yillarda uning «Yostiqdan chiqqan ertaklar» (1988), «Bog‘da bitgan ertaklar» 
(1989), «To‘rt og‘ayni botirlar» to‘plamlari (1989) nashr bo‘ldi. 
U tarjimon sifatida M. Lermontov, T. Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G. Longfello 
asarlarini o‘zbekchalashtirgan. Uning asarlari o‘nlab o‘zga tillarga ham o‘girilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin