Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SAIDA ZUNNUNOVA (1926-1977)
Talantli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida 
xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon 
o‘qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida 
adabiy xodim bo‘lib ishlagan. 
Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni 
tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko‘rinadi. 
Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat 
dorilfununi)ning filologiya fakultetiga yetakladi. O’qishni tamomlab, “Gulxan” oynomasida
«O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba 
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Baxtiyor yoshlik, ona-Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi 
she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari 
kitobxonlarga taqdim etildi. 
Saida Zunnupova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» (1956) 
hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlarvga qarshi kurash mavzularini 
aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi 
yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida», 
«Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining 
qahramonlarp ham ayollardir. 
Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz 
qizlari, undan birgiia nabiralari bor. 
So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova 
hikoyalariga husndir. 
Ona-Vatanga sadoqat, mehnat va baxt, muhabbatni haqgo‘ylik bilap kuylagan shoiraning lirik 
she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda. 
Adiba asarlarini rus va boshqa qardosh xalqlar kitobxonlari o‘z ona tillarida sevib o‘qimoqdalar. 
Hukumatimiz Saida Zunnunovaning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini 
taqdirlab, uni Hurmat belgisi ordeni bilan mukofotlagan. 
Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977 yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot topdi. Uning 
hassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aplanib qoldi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin