tom, 1977, “Olmos kamar” romani; II tom, 1978, «Qora ko‘zlar» romani, «Erk» qissasi; III tom,
1979, «Uch ildiz» romani) nashr qilindi. Mazkur nashriyot adibning uch jildlik “Saylanma”sini
ham bosdi: birinchi jild — «Uch ildiz» romani, «Qadrim» qissasi; ikkinchi jild — «Qora ko‘zlar»
romani, «Meros» qissasi»; uchinchi jild— «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar»dan iborat.
Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida ham qalam tebratmoqda. Uning ilk
ocherki “Oilamiz” 1953
yili chop etildi, «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-
ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir.
Adib ssenariysi asosida zangori olov zahmatkashlari haqida «Sening izlaring»
badiiy filmi
qo‘yildi. «Vijdon» — viloyat sahnalarida ketmoqda. Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon
xalqlari tillariga o‘girildi.
Adib tarjimon sifatida L. Tolstoyning «Kazaklar»ini, K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»ini, P.
Tolisaning «Iz»ini, X. Deryayevning «Taqdir»ini ona tilimizga o‘girdi.
«Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofotiga sazovor bo‘ldi. U O’zbekiston xalq deputati, Respublika
rayosatining millatlararo
munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir.
Dostları ilə paylaş: