hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib, uni 1944 yilda
tugatadi.
Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina
boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy,
Opbek kabi ustozlar mehribonlik ko‘rsatishadi. 1945 yildan boshlab Qudrat Hikmat she’rlari
«Lenin uchquni», «Yosh leninchi», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Pioner» («Gulxan»),
«Sharq yulduzi» kabi oynomalarda chop etiladi.
1947 yilga kelib mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g’liga adabiy kotib sifatida xizmat etishi
undagi she’riyatga bo‘lgan intilishini yanada kamol topishiga olib keladi. U «Lenin uchquni»,
«Yosh leninchi» ro‘znomalari va «Yosh gvardiya» nashriyotlarida faoliyat ko‘rsatadi. 1957 yilda
Toshkent Davlat kechki pedagogika oliy bilimgohini tugatadi. Uning birinchi she’riy to‘plami
«Mening vatanim» 1950 yilda nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Baxtli bolalar», «Tinchlik—
obodlik», «Moskvaga sayohat», «Do‘stlik», «Uch o‘rtoqning sovg‘asi», «Nabira mehri»,
«Onaxonim», «Alisher va kitob», «Toshbaqalar hujumi», «Soatjonning soati» kabi o‘nlab she’r
guldastalari hamda «Chirchiq farzandi» kabi poemasi va «Ilon
shoh va uning amaldori Ari
haqida ertak»lari yaratildi.
U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin,
eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va
chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi.
Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik,
Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik,
beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan, A. Barto
kabi atoqli adiblarning bolalarbop she’riyatini o‘zbekchaga ag‘dargan.
U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.
Dostları ilə paylaş: