Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ERKIN VOHIDOV (1936)
Hozirgi davr o‘zbek she’riyatining porloq yulduzlaridan biri iste’dodli shoir Erkin Vohidovdir. U 
1936 yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. 
Erkin Vohidovlar oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, bo‘lgusi shoir shu yerda o‘rta 
ma’lumot oladi. 
1960 yilga kelib, u Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatadi, so‘ngra turli 
nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960—1963, 1975—
1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. 
Ayni chog’da «Yoshlik» oynomasiga boshchilik ham qiladi. U KPSS safida bo‘lgan va 
keyinchalik undan voz kechgan. Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Respublikasi xalq noibi 


sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi rahbaridir. U Respublika adiblar ittifoqi 
boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq 
o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy 
to‘garaklarda pishgan, chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi 
bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z 
o‘quvchisiga yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga” (1962), «Yurak va aql» 
(1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan 
doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Xrzirgi 
yoshlar” (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy guldastalari va dostonlari 
o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she’riyati o‘zining 
ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin 
Vohidov — shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya 
davrda yangi pog‘onaga ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. 
Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh 
tabiat haqida, xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda 
bo‘ladimi hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy 
mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida: 
Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing
,— 
degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi. 
Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar 
muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», «Donish 
qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani 
tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va 
mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy 
barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir 
dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p yillardan buyon Hamza nomli teatr 
sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir. 
Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. 
Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga u mohir tarjimon 
sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S.Kaputikyan kabi iste’dodli 
shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk 
nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot 
oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti 
sovrindori bo‘ldi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin