Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
RAZZOQ ABDURASHID (1936)
Razzoq Abdurashid toshkentlik. U 1936 yili tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng, 
1953—1958 yillarda Toshkent Davlat dorilfununi filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida 
tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1958—1964 yillarda «Gulxan» oynomasida, 1964—1966 yillarda esa 
«Lenin uchquni» ro‘znomasida, 1961—1969 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida ishlagan. 
1969—1971 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Shundan so‘ng O’zbekiston 
Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, Respublika Radiosida muharrir, 1979 yildan to shu 
kungacha G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrirdir. Uning birinchi she’rlar to‘plami 1962 
yilda «Yo‘l boshida» nomi bilan chop etilgan. Shundan buyon o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlar, 
ko‘plab dostonlar hamda bolalar uchun she’riy asarlar yaratgan, 
Uning «Kaftimda olam» (1969), «Qalbim qo‘lingda” (1970), «Yulduzlar hayoli» (1975), 
«Sukunat», «Yoruglik” (1983), «Otalar chirog‘i» (1986), «Yo‘l o‘rtasida» (1988) kabi to‘plamlari 
chop etilgan. Shuningdek, shoirning «Yulduzlar xayoli», «Toshfaryod», «Umrdan lavhalar» kabi 
bir qator dostonlari ham mavjud. 
Bolalar uchun esa «Buvimning ertaklari» (rus tilida), «Quyonpolvonning ertaklari» kabi kitoblari 
ham; yaratilgan. Shuningdek, shoirning «Pritok» (1979) to‘plami rus tilida Moskvada chop 
bo‘lgan. U tarjimon sifatida S. Vurg‘un, M. Jalil va Ye. Isayev asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. 


Shoir barcha asarlarida Ona Vatan madhi, mehri, yor vasli va soginchi, go‘zal tabiat 
manzaralarini kuylaydi. 
 
 
MIRAZIZ A’ZAM (1936)
Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk tarjimon 
hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, 
Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur 
G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib ishlagan. 
Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi 
bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg‘a qilingan. 
Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo‘lgan. Shundan so‘ng 
bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» 
(1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator 
ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, 
odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga 
intiladi. 
Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 
1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining 
hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu she’riy to‘plamlaridagi eng 
yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining «Haqiqatning ko‘zlari» (1988) 
saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi. 
Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z 
qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir. 
Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, 
nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo‘pchilik 
mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi. 
Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin