Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p
hikoyalar, bir necha qissa va
romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi.
Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti zamondoshlarimizning
murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini
tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi.
Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z
avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat
iztiroblari tarixida
tasvirlanadi.
Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...»
hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlaridir.
Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek
milliy hikoyachilik
san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi.
Uning povest va
romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga
boyligi bilan ajralib
turadi.
San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek
vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib
borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi.
Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan.
Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)' «Toglarga qor
tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani nashr etildi. U 1989 yilda
Hamza
nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi upvoniga
musharraf bo‘lgan.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib
kelayotgan
san’atkorlardandir.
Dostları ilə paylaş: