Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ABDUQAHHOR IBROHIMOV (1938)
Ham jurnalist, ham yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov 1938 yili Toshkentda tavallud topdi. U avval 
Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini (1962), so‘ng 1975-1977 yillarda 
Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatdi. 
1962—1972 yillar mobaynida «O’zbekiston madaniyati» keyin esa «O’zbekiston adabiyoti va 
san’ati»_ haftaligida, «Guliston» oynomalarida mas’ul lavozimlarda ishladi. Shundan so‘ng 
uning «So‘nggi nur», «Osmon yaqin, yer yumshoq» kabi ocherk va hikoyalar to‘plamlari 
yaratildi. Shuningdek, uning «Birinchi bo‘sa» (1978), «Meni aytdi demang» (1982) kabi sahna 
asarlari Moskvada rus tilida nashr etildi. Shu damdan boshlab faqat publitsist, hikoyanavisgina 
emas, sermahsul va iste’dodli dramaturg sifatida ham elga tanila bordi. 
Uning «Bu zamon o‘g‘loni» (1982), «Zo‘ldir» (1983), «Tusmol», «Puch», «Senga bir gap 
aytaman», «Chakana savdo» kabi bir qator pesalari yaratildi. Ularning ko‘plari Hamza va 
Muqimiy teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. 
Ayni chog’da uning shu yillarda «Chillaki», «Tong edi», «Har tomchining sababi bor» kabi ajoyib 
hikoyalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi. 
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov so‘nggi yillarda otashin 
publitsist sifatida samarali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy mnlliy meros, tabiat 
muhofazasiga oid chiqishlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. 
U adabiyot va madaniyat, teatr san’ati oldidagi ana shu samarali mehnati uchun 1990 yilda 
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi degan faxriy nomga savovor bo‘ldi. 
 
 
TEMUR PO’LATOV (1939)
Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi. 
U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro Davlat 
pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963 yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi kinostsenariy 


oliy kursiga kirib o‘qidi. 
Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank yillaridayoq mahalliy 
matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne xodi po obochine») 1964 yilda 
«Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u yaratgan qissa va romanlar 
Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila boradi. Shuni ham alohida qayd etish 
kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning asarlari 
tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez chop etiladi. 
Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari» 
70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib qo‘shildi. Shuningdek uning 
«Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-shunda», «G’oyibning ikkinchi safari», 
«Yetti huzur-halovat va qirq qayg’u alam», «G’oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi 
o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan. 
Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab maqolalari bilan «Sharq 
yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoe obozrenie», «Drujba narodov» kabi oynomalarda 
tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga oid o‘tkir chiqishlari 
alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek adiblari asarlarini rus tiliga, rus tilidagi 
adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi. 
Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G’oyibning ikkinchi safari», «Kunda-shunda» 
qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza nomidagi Davlat 
mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O’zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni 
berilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin