Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HAMID G’ULOM (1919) 
Hamid G’ulom taniqli shoir, lirik yozuvchi, dramaturg, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 
arbobidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Ittifoq Davlat mufotlari sovrindori 
hamdir. H. G’ulom 1919 yilda toshkentlik muzika muallimi oilasida tug’ildi. O’rta maktabni 
bitirgach, O’rta Osiyo industrial iistituti (1935—1937) va Nizomiy nomidagi Toshkent 
Pedagogika instituti (1938— 1941) da tahsil oldi. 
1954 yilda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing yo‘llanmasi bilan Moskvaga, M. Gorkiy 
nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga boradi. So‘ng «Literaturiaya gazeta»ning 
O’zbekistondagi maxsus muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing kotibi (1958—1971) 
va G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at naglriyotiiing direktori lavozimlarida ishladi. 
Hamid G’ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning boshlarida «Bizning lager», «Odam», «Quyosh 
kabi charog’on» (1936) she’rlari bilan kirib keldi. Yosh shoirning ijodi o‘zbek adabiyotining katta 
vakillari G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda ta’sirida kamol topdi. 
Vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan “Qasosim bor” (1942), «Katerina» (1942), 
«Ukraina yellari» (1943) kabi she’r va balladalarini shoir Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratgan. 
Hamid G’ulomning keyinchalik yaratgan «Qo‘shiqlarim» (1949—1956), «Dnepr bo‘yida» (1949), 
«G’alaba yo‘lida” (1952—1956) asarlarida xalqimizning fashizmga qashshi kurashidagi 
qahramonliklari tasvirlangan. «Olmos qizi» (1956), «Toshkentliklar» (1967) asarlari asosan 
urushdan avvalgi davr o‘zbek paxtakorlarinjn fidokorona mehnati, urush davridagi front orqasida 
ko‘rsatgan qahramonliklari va o‘zbek jangchilarining frontdagi mardliklari va jangovar kurashlarj 
haqidadir. Ikki kitobdan iborat bo‘lgan «Mash’al» (1959) romanida Oktyabr tuntarishining 
dastlabki yillaridagi o‘zbek xalqining hayoti va qishloq sovetlarining shakllanishi va ularning 
dastlabki faoliyati, kollektiv xo‘jalikning tuzilishi va ma’rifatning yoyilishi kabi hayotiy masalalar 
badiiy tahlil etilgan. 
Yozuvchining «Senga intilaman» (1963), «Binafsha atri» kabi romanlari Mirzacho‘lda tashkil 
etilgan birinchi jamoa xo‘jaligi haqida hikoya qiladi. Hamid G’ulomning o‘zbek ayolining yangi 
hayot qurishdagi faoliyatini ulug’lovchi «Toshkentliklar» (1974) romani Hamza nomidagi 
Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning «Mangulik» romani (1981) Ittifoq Davlat 
mukofotini oldi. 
U ocherknavis va publitsist sifatida yer kurrasi, ro‘y berayotgan voqealar, jahondagi xalqlarning 
ozodlik uchun kurashlari, tinchlik va xalqaro do‘stlik temalarini yorituvchi «Qit’alar uyg’oq», 
«Kuba haqida hikoyalar», «Uy», «Xirosima balladalari», «Yevropa taassurotlari», «Jazoirda 
tong» kabi asarlar yaratdi. Adibning «Vafoning uzun yo‘li» nomli bir necha qismdan iborat 
xotiralar to‘plami ham kitobxon tomonidan qizg’in kutib olingan. Adib asarlari qirqdan ortiq jahon 
xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina «Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop 
etilgan. Bu tilda bor-yo‘g’i Oybekning «Navoiy», O. Yoqubovning «Ulug’bek xazinasi» 
romanlarigina chop etilgan. 


Shuningdek, H. G’ulom A.S.Pushkin, M. Lermontov, V. Shekspir, T. Shevchenko, A. Surkov, 
Lope de Vega kabi yozuvchilarning asarlarini ham o‘zbek kitobxonlari va tomoshabinlariga o‘z 
tarjimasida tortiq etgan. Uning «Farg‘ona hikoyasi», «Toshbolta oshiq», «O’gil uylantirish», 
«Ajab savdolar» kabi zamonaviy mavzularda yaratilgan muzikali va komediya asarlari 
respublika teatrlarida namoyish qilinib, tomoshabinlar hurmatiga sazovor bo‘ldi. 
Eng so‘nggi «Muhabbat navosi» nomli ikki parda besh ko‘rinishli muzikali dramasida esa XVI 
asr Uyg’uristonning Xo‘tan shahrida yashagan Omonniso bilan Rashidxon o‘rtasidagi muhabbat 
mojarosi haqida hikoya qilinadi. 
«Mashrab» tarixiy romani ham H. G’ulom qalamiga mansubdir. 
Hamid G’ulom zamondoshlarimiz poetik obrazini yaratish ustida izlanayotgan zamonaviy o‘zbek 
adabiyotining iste’dodli namoyandalaridandir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin