Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
NAZARMAT (1917)
Jangchi adiblardan biri Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov) 1917 yilning 7 noyabrida Tojikiston 
Respublikasi, Xo‘jand viloyati, Nov qishlog’ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmat Nazarov 
(Egamnazarov, 1913 y.)ning ukasidir. 
O’rta maktabni 1935 yilda tugatib, 1936 yilda Samarqand Davlat dorilfununiga o‘qishga kiradi. 
1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketadi. U yerda vzvod komandiri, gvardiya leytenanti 
darajasida xizmat qiladi. So‘ngra 1947 yilgacha «Front haqiqati» ro‘znomasiga boshchilik qiladi. 
Armiyadan qaytgach, 1947—1954 yillarda «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi»), 


1955-1985 yillarda esa «Toshkent haqiqati» ro‘znomalarida adabiyot va san’at bo‘limini 
boshqaradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi jangchi faxriylar 
qo‘mitasi raisidir. 
Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri «Qo‘zichoq» 1934 yilda 
«Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilib chiqadi. Birinchi to‘plami esa 1941 yilda «Yoshlik zavqi» 
nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plam ancha kech — 1949 yilda «Vatan ishqi» 
nomi bilan chop etiladi. Bu to‘plam Sharof Rashidov tavsiyasi bilan bosiladi. Hozirgi kunda uning 
yigirmadan ortiq she’riy, nasriy asarlari, qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan. Xususan, «Yashil 
dalalar» (1955), «Sir bo‘yi, nur bo‘yi» (1959), «Tog’dagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi» 
(1965), «Bahor qo’shig’i» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972), 
«Dostonlar» (1975), «Yo‘llar va gullar” (1977), «Mehrim-muhabbatim» (1983), «Tanlangan 
asarlar» (1987), «G’unchalar» (1987), «Muhabbat taronalari” (1992) keng kitobxonlar ommasiga 
yaxshi tanishdir. 
Nazarmat nosir sifatida ham ancha barakali ijod qilib kelmoqda. Uning ocherk va hikoyalardan 
tashkil topgan «Qirg’oqdagi jang» (1965), «Burch yo‘li» (1966) «Sayyod jasorati» (qissa, 1972), 
«Janggohdan qatralar” (1974), «Turnalar yo‘li» (1977) kabi harbiy turku! gi asarlari ham 
kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiboriga kirgan. Uning bolalar uchun yozgan «Shahrimiz 
bolalari», «G’unchalar» kabi she’riy to‘plami ham e’tiborga loyiqdir. Nazarmat shoir, publisist, 
ocherknavis, hikoyanavis va qissanavis bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir. Uning Bedil, A. 
Jomiy, N. Xisrav, Firdavsiy, M. Mirshakar, M. Tursunzoda, J. Muldagaliev ijodidan qilgan 
tarjimalari alohida qimmatlidir. 
Nazarmat 1992 yili 75 yoshga to‘ldi, ammo' o‘z ijodi rejalarini hormay-tolmay hayrat bilan 
amalga oshirib kelmoqda. 
Nazarmat O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin