O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi
Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira Xotin-qizlar bilim
yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-
1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti
aspiranturasida tahsil oldi.
So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim
boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va
nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi.
Zulfiya 17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin,
Muzayyana Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira poeziyasi
zamonaviy, aktual mavzularga bag’ishlanadi.
Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti
an’analarining roli benihoya bo‘ldi.
Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala,
cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga
bag‘ishlaydi. Ayni choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh shoiraning she’riy mahorat
sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.
Ulug’ Vatan urushi davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944)
kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib
kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va
g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim»,
«Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek
she’riyatining jangovar ruhini anglatuvchi asarlari qatoridan mustahkam o‘rin olgan.
Hozirjavob shoiraning urushdan so‘nggi yillarida yozilgan «Chorjo‘y—Qo‘ngirot» (1947),
«Dalada bir kun» (1948), «Zootexnik qiz» (1952), «Tong qo‘shig’i» (1953) kabi bir qator she’rlar
turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965),
«Salom, sizga erkparvar ellar», «O’g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan
madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez
urushlarga la’natlar o‘qiladi. Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953),
«Quyoshli qalam» (1967) kabi' ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin,
Hamid Olimjon kabi ustodlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H.
Olimjo ning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida p’esa va opera librettolar ham
yaratdi.
Zulfiya «O’ylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofoti sovrindori bo‘lgan. «Saylanma»lari uchun Ittifoq Davlat mukofoti, hind mavzuidagi
she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va do‘stlikni tarannum
etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki
uchun xalqaro «Nilufar» mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Ayni chog’da Zulfiyaning xaldaro
do‘stlik, tinchlik va baynalmilal ruhida yozilgan badiiy va publitsistik asarlari uning katta
jamoatchilik faoliyati bilan qo‘shilib ketadi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr,
Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. Sovet xotin-qizlar komitetining a’zosi Zulfiya 1956
yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi Konferensiyasida qatnashib,
katta anjuman xotirasiga bag’ishlangan mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.
Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima
qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi
Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Yirik jamoat arbobi, shoira Zulfiya — O’zbekiston Oliy Sovetining deputati, Osiyo va Afrika
mamlakatlari bilan aloqa qiluvchi sovet komitetining raisi (1962) bo‘lgan.
Hukumat Zulfiyaning samarali ijodi va aktiv jamoatchilik faoliyatini Mehnat Qahramoni unvoni,
Lenin ordeni va uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni va medallar bilan taqdirladi.
U Bolgariya Xalq Respublikasining birinchi darajali «Kirill va Mefodiy» ordeni bilan
mukofotlangan. Shoira 1975 yilda 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan Xalqlar do‘stligi ordenini
olishga sazovor bo‘ldi. Ayni chog‘da u sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati va Mehnat
Qahramoni hamdir.
Dostları ilə paylaş: