Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
PARDA TURSUN (1909-1957)
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Parda Tursundir. U 1909 yili 
Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida dehqon oilasida tug’ildi. Ota-onadan 
erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. 
Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog’idan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar 
eshigida xizmatkor bo‘lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923-1927 yillarda tajriba 
ko‘rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. 
So‘ngra, toki 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda 
o‘qituvchilik qiladi. Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan bo‘lib, «Qizil 
O’zbekiston» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasi muharririyatiga yetaklaydi. 1929-1934 yillarda 
mazkur ro‘znoma sahifalarida o‘zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi. 1930 yilga 
kelib, uning «Zo‘rlik» nomli birinchi hikoyasi e’lon qilinadi. 
1934-1935 yillarga kelib, adibning «Ostonada», «Qo‘ldosh va Marusya», «Bir xotinning tarixi» 
kabi bir necha hikoyalari yaratiladi. 
Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla (1937) hikoyasi muhim rol o‘ynaydi. Mazkur 
hikoyaning syujet chizig’i aytish mumkinki, adibning butun umri davomida yaratgan o‘rta va yirik 
asarlari sahifalariga ko‘chdi, qissa va romanlarining bosh mavzuiga aylandi. 
Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o‘nlab ocherklar 
yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» (1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq 
hayot» (1935), «Yaylovda (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib 
hikoyalaridagidek ocherklarida ham o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan yo‘li, kurashi haqida hikoya 
qiladi. 
1941-1945 yillarda adib bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida qalam bilan ona-Vatan himoyasida bo‘ladi. 
Urushdan keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida talaba, o’qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib 
faoliyat ko‘rsatdi. 1947 yili uning birinchi yirik asari — «Haq yo‘l» nomli qissasi chop etiladi. 
Undagi bosh qahramon Xolmurod Do‘stmatovning hayot yo‘li timsolida adib tarjimai holi emas, 
o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li gavdalantiriladi. U keyinroq «O’qituvchining 
yo‘li» nomi bilan o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. 1950 yillarga kelib, mazkur qissa qayta 
ishlanib, «O’qituvchi» nomi bilan mustaqil bir asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh 
qahramon Elmurod obrazi hatti-harakati va xarakteri vositasida o'zbek ziyolisi — o‘qituvchisining 
hayoti va kurash yo‘li umumlashmasiga ko‘tarildi. 
Parda Tursun jurnalist, o‘qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va hikoyanavis, qissanavis 
va romannavis bo‘lishi bilan birga mohir tarjimon ham edi. U Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil 
Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o‘zbek tiliga ag’dargan. Uning asarlari ko‘plab qardosh va 
xorijiy tillarga tarjima bo‘lgan. U 1957 yilda vafot etgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin