Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MIRZAKALON ISMOILIY (1908—1986)
San’atkor yozuvchi, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yili Qirg’izistonning O’sh shahrida 
kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u bolalar uyida 
tarbiyalandi. Toshkentga kelib Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928-1930 yillarda O’rta Osiyo 
dorilfununining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi. 
Toshkent kinostudiyasi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O’zbekiston», «Sharq 
yulduzi» muharririyatlarida hamda O’zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi. U rus adabiyoti 
klassiklaridan M. Yu. Lermontov, A. P. Chexov, L. N. Tolstoy, A. M. Gorkiy, M. A. Sholoxov 
asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko’plarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Uning tarjimalari 
o’zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Yozuvchining 1927 yilda bosilgan «8 Mart» p’esasi o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik uchun 
kurashini aks ettirdi. U 1942—1947 yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilib, fashizmga qarshi 
kurashda jonbozlik ko‘rsatdi. 
Adib Ulug’ Vatan urushidan keyingi yillarda yaratilgan «Farg’ona tong otguncha» (1958, 1967) 
trilogiya-romanida oktabr to‘ntarishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og’ir hayoti va 
ma’rifat sari intilishini ulug’ladi. Roman g’oyaviy, badiiy jihatdan o‘zbek prozasi yutuqlarini 
mujassamlashtirdi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) asarida yoshlar hayotini aks ettirdi. 
Mirzakalon Ismoiliy «Odamiylik qissasi» (1965) kabi axloq-odob normalari tantanasini madh 
etuvchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z ulushini qo‘shdi. U 
1986 yilda vafot etdi. 
 
 
 
HAMID OLIMJON (1909-1944)
Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid 
Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich 
maktabni 
tugatgach, 
Samarqand 
pedagogika 
bilim 
yurtida 
(1923-1926) 
O’zbek 
Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi. 
Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» 
gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. 
Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng 
«Olov sochlar» (1931), «O’lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr 
etildi. 
Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini tasvirlagan 
shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini yaratdi. 
Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov 
kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi. Ana 
o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi. 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotpning 
dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi. 
Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. 
Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida 
maqolalar yozdi. 
O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid 
Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher 
Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi 
yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. 
Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik 


qildi. 
Hamid Olimjon o‘zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), 
«Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), 
«Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining 
ilg’or g’oyalarini tarannum etdi. 
Ulug’ Vatan urushnning olovli yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u 
hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy 
mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda «Jangchi 
Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi qator balladalari ham yaratildi. 
Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga 
tarjima qilingan. 
Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi 
abadiylashtirilgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin