va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza
nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U ayni chog’da O’zbekiston xalq shoiri
ham bo‘ldi.
Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining tadqiqotchisi, jonkuyari va
targ’ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Xususan uning «Bolalar adabiyotining yanada
ravnaqi uchun (1961), «Bolalar adabiyotini o‘rganaylik» (1963), «Ilhom bilan» (1967) kabi
maqolalari shular jumlasidandir.
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A.
Baro, K. Chukovskiy asarlari tarjimasi o‘zbek bolalar adabiyotining
ravnaqi va taraqtsiyotida
muhim rol o‘ynayi.
Q. Muhammadiy xoh shoir, xoh tadqiqotchi, xoh tarjimon sifatida faoliyat ko‘rsatmasin, hamisha
hamma o‘rinda bolalar kelajagi,
kamoloti, ma’naviy shakllanishi xaqida qayg’urdi. Ularning
o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassis bo‘lishini orzu qildi va nihoyat, buning uchun:
Bo‘lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak
Bariga o‘qish kerak, —
degan xulosaga keldi.
Dostları ilə paylaş: