Oydin bu davrlarda kuchli ocherknavis sifatida ham taniladi. Uning M. Gorkiyga bag’ishlangan
«Hamon yodimda o’shal ulug’ zot», «Cho’llari obod, qo’llari ozod bo’lgan elda», «El quvonchi»,
«Qora uylar oqardi», «Muborak», «Katta kishilar», «Mening qahramonim», «Vatan uchun jon
fido» kabi ocherklar turkumidagi Vatan madhi, mehnati tufayli baxtga
erishgan kolxozchi va
ishchi ayollar obrazi zo’r mahorat bilan tasvirlangan.
Oydin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, O’zbekiston Kommunistik Partiyasi
Markaziy Komitetining mas’ul xodimi (1946—1953), «O’zbekiston xotin-qizlar» jurnalining
muharriri lavozimlarida ishladi.
Oydin o’zbek nasrining taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ikki marta Hurmat belgisi
ordeni va medallar bilan taqdirlangan. U bor yo’gi 52 yil umr ko’rdi, 1958 yilda vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: