Microsoft Word O'zbek adiblari doc


NAZIR SAFAROV (1905—1985)



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

NAZIR SAFAROV (1905—1985)
O’zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili 
Jizzax shahrida temirchi oilasida tug’ildi. U sovet maktablarida o’qidi, birinchi ziyolilar qatori 
uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Komsomol safiga kirdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoi 
nafisa» to’garagi bo’lg’usi dramaturgda teatr san’atiga katta muhabbat uyg’otdi. 
Nazir Safarov o’zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o’ynagan «Tarix tilga kirdi» 
(1931), «Uyg’onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. «Uyg’onish»da 
1916 yil qo’zg’oloni, «Sharq tongi»da Oktyabr inqilobi, «Tarix tilga kirdi» (Ziyo Said bilan 
birgalikda yozgan)da milliy nizolar, «Kimga to’y, kimga aza»sida ishchilar sinfining yangilik 
uchun jangu jadali asosiy mavzudir. Dramaturgiya sohasndagi katta xizmatlari uchun N. 
Safarovga (1955) O’zbekistoida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unvoni berildi. 
Ulug’ Vatan urushi davrida Nazir Safarov frontning oldingi jabhalarida bo’lib, jangchilarning 
qahramonligini, dushmanning yovuzligini hikoya qiluvchi «O’q o’tmas botir», «Vodillik 
qahramon», «Komissar Qoraboyev», «Sevgi», «So’nggi nafasgacha», «Uzbek farzandlari», 
«Qahramonning tug’ilishi» kabi qator ocherklar yozdi. Uning hayotdagi yangiliklar, yaxshi 
tashabbuslar targ’ibotchisi sifatida paxtachilik, mexanizatsiya sohasida xotin-qizlarning rolini aks 
ettiruvchi asarlari ham diqqatga sazovor. Xotin-qizlar orasidan yetishib chiqqan birinchi zangori 
kema kapitani Tursunoy Oxunova, uning tashabbusi, el oldidagi obro’-e’tiboridan bahs etuvchi 
«Uzoqni ko’zlagan ayol» qissasi shular jumlasidandir. 
Yozuvchining 1954—1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot 
maktabi» va «Elmurod» (hamkorlikda) p’esalaridir. 
Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. «Oltinoy», «Olma olmadan uzoqqa 
tushmaydi», «Ahmadali o’z baxtini qanday topdi» hikoyalari g’oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi 
bilan diqqatga sazovordir. Uning 60-yillarda yaratgan «Bir tomchi qon» (1967), «Ko’rgan 
kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro’z» (1973) romani adabiyotimiz yutuqlaryani 
ko’rsatuvchi asarlar qatoridan joy oldi. «Ko’rgan kechirganlarim» asari uchun muallifga (1968) 
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 


Adib nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g’alabaning 30 yilligiga bag’ishlab, o’zbek 
jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi «Lukash botir» (Ya. Hudoyqulov bilan 
hamkorlikda) dramasini yaratdi. 
U 1975 yilda 70 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni va 80 yoshi 
bahonasida Xalqlar do’stligi ordeni olishga muyassar bo’ldi. Ko’p o'tmay, 1985 yilda vafot etdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin