emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari
asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari
tasvirlangan.
G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan kelayotirman» to’plami
uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Adibga vafotidan so’ng «Lenin va
Sharq» mavzusidagi asarlari uchun Lenin mukofoti (1973) berildi. G’afur G’ulom o’z davrida
«Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin
ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U O’zbekiston Fanlar
akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga O’zbekiston xalq
shoiri faxriy unvoni berildi. Shoirning ko’pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa
tillariga tarjima qilingan.
O’zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan san’atkori G’afur G’ulom milliy adabiyotimizning
rivojiga katta hissa qo’shgan adibdir. Adib 1966 yilda xastalikdan so’ng vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: