yaratgan ikki yuzdan ortiq she’riy asarlar o’z xalqi, yurti, baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi
haqidagi kurashning adabiy solnomalaridandir.
Cho’lpon yetuk lirik shoirgina emas, yirik nosir sifatida o’nlab publitsistik maqolalar, ocherk va
hikoyalar, «Qor qo’ynida lola», «Yov» qissalari va «Kecha va kunduz» (1938) kabi ajoyib
romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste’dodli adib hamdir.
U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Cho’rining isyoni» kabi
kichik p’esalari, «O’rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo’r» kabi yetuk dramalari hamda ko’p vaqt
sahnadan tushmagan «Yorqinoy» p’esalari mashhur bo’lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V.
Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.
Cho’lpon adabiy tanqid sohasida «Sho’ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot nedur?» kabi
mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho’lpon mohir tarjimon sifatida M. Gorkiyning
«Ona», A. S. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi p’esalarini hamda V.
Shekspnrnnng mashhur «Hamlet»ini o’zbekchaga o’girgan.
Cho’lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag’onlik siyosati qurboni bo’lgan. U 1937 yilning
14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan. 1956 yilda oqlanib, 1991
yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi she’riy asarlari to’plam holida
nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O. Sharafiddinov)
«Kecha va kunduz» romani o’rin olgan.
Hozirgi kunda Cho’lpon nomida nashriyot, ko’cha, mahalla, kutubxona va maktablar qo’yilgan.
Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda yashaydi. Unga 1991
yil 25 sentyabrda «Yana oldim sozimni» kntobi uchun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti berildi.
Dostları ilə paylaş: