Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ELBEK (1898-1938)
Qatag’onlik davri o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq 
Yusupovdir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Xumson qishlog’da tavallud 
topgan. 
«Men — deydi shoir, o’z tarjimai holida, — 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o’qidim. Bu 
maktabda to’rt yil o’qib, o’quv yozuvni o’rgandim... 1910-1911 yillarda juda qiynaldik va shuning 
natijasida boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo’ldim». 
Nihoyat, o’sha 1911 yili u Toshkentga kelib bir boyga qarol bo’lib yollanadi. Ayni paytda 
Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasidagi «Hokiy» maktabida o’qishni 
davom ettiradi. 1914 yilga kelib, Shayxovandtohur mahallasidagi «Namuna» nomli maktabga 
kiradi. Bir vaqtda bosmaxonalarda ishlaydi ro’znomalar sotish bilan kun ko’radi. Oktyabr 
to’ntarishidan so’ng (1919) sakkiz oylik muallimlik kursini bitirib, o’qituvchilik qiladi, til-imlo 
muammolari bilan shug’ullanadi. 1921 yildan boshlab Turkiston xalqi maorifi komissarligi 
qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko’rsatadi. O’sha davrda nashr etiladigan «Maorif va 
o’qitguvchi», «Inqilob», «Bilim o’chog’i» kabi oynomalar bilan hamkorlik, tahrir xay’atida faoliyat 
qiladi. 
Uning ijodining boshlanishi Oktyabr to’ntarishi yillariga to’g’ri keladi. Shoirning dastlabki she’rlari 
«El bayrog’i», «Turon», «Turk so’zi», «Ulug’ Turkiston!» kabi ro’znomalarda bosilib chiqadi. 
1922 yilga kelib uning «Bir so’roq», «O’ksizning o’limi», «Qarg’a», «Bibixonim madrasasi», 
«Turkiston» kabi she’rlari «O’zbek yosh shoirlari» degan to’plamga kiritiladi. Shuni qayd etish 
kerakki, hali bu she’rlarda shoir maqsadi mavhum edi. 
Shoirning 1921 yilda chop etilgan «Armug’on» to’plamida esa asosan uning masallari o’rin 
olgan edi. Undagi «Qaysi biri bo’ri» nomli masalida ham xuddi shunday mavhumlik mavjud 
bo’lib, unda olg’ir odamning bo’ridan ham vahshiyligini ko’rsatadi. Ammo, adibning «Kuchsizlar 
dunyosi» masali niyat, maqsad yorqin ko’zga tashlanishi bilan farqlanib turadi. Unda endi azob 
chekkan yosh qonxo’rlardan o’ch olish uchun kurashga kirishadi. Shunday qilib, shoir 
bosqichma-bosqich mahorat sari ko’tarila boradi. Ayniqsa, uning «Mening hikoyam» nomli 
she’rida muallifning o’zi buni qayd etadi. «She’r yozish menga ermak ish emas» deb biladi. 
«Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r yo’lidan qaytmadim» degan xulosani beradi: 
Shoirlikdan maqsad, so’z ko’chirishmas She’rda ham maqsad o’y o’chirishmas, Shoirlnk — 
ma’noni tiza bilishdir, Mazmunni rassomdek chiza bilishdir.
Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» (1935), 


«Ashulalar to’plami», «Bolalar qo’shigi», «She’rlar to’plami» (1936) kabi kitoblaridagi she’rlarida 
shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil manaman deb turardi. Ayniqsa, shoirning 
«Lena qurbonlari», «Ozodlik qurbonlariga», «Proletar marshi» hamda «Sezgilar» to’plamiga 
kirgan bir qator she’rlar o’zining da’vatkorligi bilan Elbek bir qator she’riy to’plamlar yaratibgina 
qolmay, o’nlab dostonlar ham ijod etgan. Uning «Go’zal qiz» (1927), «Bizniki» va «Paxta» 
(1929), «O’tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934), 
«O’zbekiston» (1934), «Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular 
jumlasidandir. 
Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o’sha «Armug’on» 
to’plamidagi bir qator she’rlari qatori «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» hamda «Kambag’al 
yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar qo’shigi» kabi bir qator 
she’rlar, dostonlar, ballada va ertaklari fikrimizning dalili edi. Ayni chog’da adib «Yozuv yo’llari», 
«O’rnak», «Boshlang’ich maktab ona tili», «Go’zal yozgichlar» (1924) kabi bir qator darslik va 
qo’llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir. 
Elbek o’zining o’nlab she’rlari, masal, doston, tarjimalari qatorida hikoyanavis sifatida ham 
adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to’plampga kirgan «Chirchiq», 
«Men kim bo’laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo’ja», «Dadamat» kabi hikoyalari adibning 
shoirgina emas, nosir bo’lganligidan ham dalolat berdi. 
Elbek bor-yo’g’i qirq yil yashadi. U ham 1938 yilda Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Otajon Hoshim
Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi qatag’onlik qurboni sifatida qatl qilingan. Ammo u 
yozgapidek, adabiyotnmiz bo’stoniga turfa gul ekib ketdi. Bu uning asarlari edi. Ha: 
Bu mening qo’limla yaratilgan gul,
Qanday qila oliy, mening sovg’am shul.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin