qildi, o’qituvchi bo’lib ishladi. 1917 yildan «Ishchilar dunyosi» oynomasida bo’lim boshlig’i, oliy
bilimgoh va oliygohlarda faoliyat ko’rsatdi.
G’ulom Zafariy ijodi 1914 yillardan boshlangan bo’lib, u dastlab o’z she’rlari bilan taniladi.
So’ngra esa «Baxtsiz shogird» (1914) nomli bir pardali p’esa yozadi, keyin «Bahor»,
«Gunafsha», «To’sqinchilik», «Yorqinoy», «Rahimli o’qituvchi», «Mozorlikda», «Maqtangan
kishi», «Tatimboy ota» hamda «Cho’pon Temir» (1924), «Yoshlar endi berilmas» (1926) kabi
p’esa va dostonlar yaratdi. Biroq Zafariy yozuvchi, dramaturg sifatida o’zining «Halima» p’esasi
bilan mashhur bo’lgan. «Halima» 1920 yilda yozilgan bo’lib, o’sha yili 14 sentyabrda «Turon»
truppasida Mannon Uyg’ur tomonidan sahnalashtiriladi. Mazkur asar to’ng’ich milliy muzikali
drama bo’lib, uning musiqiy bezagini ham muallifning o’zi mashhur sozanda Shorahim
Shoumarov hamda mulla To’ychi Hofiz yordamida bajardi. Ayni chog’da «Halima» o’z davrida
milliy opera sifatida baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb ataydi.
G’ulom Zafariy o’zbek milliy kuylari, maqom va maqom sho’balarini juda yaxshi bilgan
amaliyotchi va nazariyotchi ham edi desa xato bo’lmas. Uning «Sharq kuylari va cholg’ulari»,
«Muzika muammosi», «O’zbek musiqasi to’g’risida» kabi maqolalari shular jumlasidandir.
G’ulom Zafariy 1937 yilda qatag’onlikka uchrab, 1938 yilda qatl etilgan.
Dostları ilə paylaş: