deya davr zulmi, fojeasidan zorlangan edi, Hamza 1903—1904 yillar orasida 197 ta she’r
yaratib, uni «Devoni Nihoniy» nomi bilan chop ettiradi. Undagi she’rlarda ham o’z xalqining
himoyachisi, zulmga qarshi isyon ko’targan yosh adib sifatida namoyon bo’ladi. U: - Boshida
posboni yo’q deb, yetim ahlini qaqshatma, — deya xitob qiladi. Shunday qilib, u demokratik
adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko’zga tashlanadi.
1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va Mirmuhsin Fikriy kabi
ma’rifatparvar adib sifatida namoyon bo’ladi. Bu uch yo’l bilan amalga oshiriladi. Avvalo,
yetimlar maktabini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Yengil
adabiyot», «O’qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, o’zining
she’r va dramalarida, publitsistik maqolalarida o’z xalqini ma’rifatga chorlaydi. Shu maqsadda
uning 1914 yilda «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» kabi ro’znomalarda, «Oina» jaridasida
ma’rifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning «Bid’atmi, ma’jusiyatmi?»
(1914) ocherki shular jumlasidan edi. 1915—1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar»,
«Oqgul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi she’riy to’plamlarida va «Yangi saodat»,
«Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma’rifatga chorlov asos bo’lgan. Shuningdek, uning «Ilm
hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O’ch» va «Zaharli hayot» (1916) kabi ilk
dramalarida ham zulm va xurofot avj olgan davrda o’z xalqining ilmga-ma’rifatga intilishini
ulug’laydi. Ayni chog’da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi.
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish tarixi ham o’z izini qoldirdi. Uning «Safsar gul»
(1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir. Shu
tufayli ta’qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha Turkiston va Toshkentda yashaydi.
Bu davrda uning «Toshkentga sayohat» (1917) komediyasi yuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy
ila xizmatchi» dramasi (1917) yaratilib, unda inqilobiy g’oyalar ilgari suriladi. 1917 yilda chiqa
boshlagan «Kengash» oynomasida ham faollik ko’rsatadi. U ta’qidlangach, «Hurriyat»
oynomasini chiqara boshladi.
Ma’lumki, 1917 yil 25 aprelda «Ulug’ Turkiston» ro’znomasida Hamzaning «Turkiston
muxtoriyatina» nomli she’ri bosiladi. Unda «To’rt yuz yillik Romanovlar» sulolasining taxtdan
ag’darilishi va rus-burjua demokratik inqilobining g’alabasidan mamnunlik seziladi. «...1917
yilning 28 mayida Qalandarxonada to’rt yuzga yaqin rabochiylarni to’plab, zo’r namoyish»ga
boshchilik qiladi. O’sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul inqilobiy kurashga o’tadi. Shu davrda
uning «Shundoq qolurmu, qolurmu?», «Muxtoriyat va avtonomiya» kabi asarlarida shu hol
ko’zga tashlanar edi.
Hamza Hakimzoda 1918-1923 yillar mobaynida jumhuriyatning deyarli barcha viloyatlarida
maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo’ldi. Qizil Armiya frontida (1920) targ’ibot-
tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir, dramaturg sifatida keng tanildi.
«Yasha, Sho’ro!», «Hoy, ishchilar!» kabi she’rlari, «Kim to’g’ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi»
(1918), «G’olibiyat» (1923-1924), «Saylov oldida», «Burungi saylovlar» (1926), «Maysaraning
ishi» (1926), «Paranji sirlari» (1922), «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927) kabi qator
dramatik asarlar yaratdi.
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-
qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion to’da shoirni toshbo’ron
qnlib o’ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Xamza
asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima bo’lgan va nashr etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy
nomida shahar, tuman, maktab, ko’cha, teatr, jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor.
Hamza hayoti va ijodi haqida hozirgi adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Keyingi
yillar hamzashunosligida Hamza tarjimai holining ilgarigi an’anaviy tadqiqiga qarama-qarshi
fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o’ta oladi.
Dostları ilə paylaş: