Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HABIBIY (1890—1982)
Zamonamizning ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Habibiy yangi 
davrda mumtoz she’riyatimizning eng yaxshi an’analarini rivojlantirdi. U o’z g’azallari bilan 
xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. 
Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo’qon qishlog’ida kambag’al 
dehqon oilasida tug’ildi. U eski maktabda, Andijon, Qo’qon madrasalarida ta’lim oldi. Navoiy, 
Fuzuliy, Muqimiy va Furqat razallarini mutolaa qildi, ularga ergashib she’rlar yozdi. Xususan 
Sharq adabiyoti an’analariga ergashdi. Sa’diyning sehrli, falsafiy she’riyati, buyuk Navoiyning 
hayotbaxsh ijodi, Fuzuliyning she’riy kalomi uni qo’llab-quvvatladi. 
1919 yilda Habibiy Andijonning Bo’taqora qishlog’ida yashab, dehqonchilik bilan shug’ullandi. 
Yigirmanchi yillarda xalq qo’shiqlari uslubida ko’plab she’rlar yaratdi. Habibiy o’z zamonasi 
mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho’llarni o’zlashtirish, Farhod GESining bunyod 
etilishi va boshqa yirik o’zgarishlarni qalamga oldi. 
Shoir ijodida ona Vatan va xalqimiz hayoti va kurashi, intilishlari haqidagi she’rlar yetakchi 
o’rinni ishg’ol etadi. U bir she’rida: 
Ey, hur Vatanim, toza tanu jon ila sevdim,
Jon ila tanu pokiza vijdon ila sevdim, — 
deya Sobir Abdulla, Charxiy, Chustiy kabi adiblarga hamohang jo’r bo’ldi. Shu g’oya uning 
«O’lkam», «Farhod qo’shigi», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug’ burch», «Chevarlar», 
«Muddao bilan» kabi she’rlarida o’z maromiga yetkazildi. 
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi g’azallari 
orasida «Jangchi yigit qo’shig’i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga xat» kabi 
g’azallari, ayniqsa, xarakterli edi. Shuningdek, Habibiyning «Kolxozchilar ashulasi» (1951), 
«Ko’ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» (1971) kabi she’riy to’plamlari 
ham xalq e’tiboriga sazovor bo’ldi. 
Habibiy 1974 yilda 85 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston xalq shoiri unvonini olishga 
muvaffaq bo’ldi. Zokirjon Habibiy o’zbek she’riyatining g’azal va qo’shiqchilik bobida o’ziga xos 
maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste’dod sohibidir. Shir 1982 yili 
92 yoshida vafot etdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin