she’riy to’plamlari va bir qator hikoya va dostonlari bosilib chiqdi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi yuksak vatanparvarlik
fazilatlarini yurakdan kuylagan shoir she’riyati yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Uyg’un bu
davrda «Ona» (1942), «Alisher Navoiy» (1943, Izzat Sulton bilan hamkorlikda), «Qaltis hazil»
(1944) kabi dramatik asarlar, komsediyalar yaratdi.
Uyg’unning urushdan keyingi
yillardagi ijodida tinchlik, urush, kurash hamda kishilarning
fidokorona mehnatni motivlari xalqlar do’stligi mavzui bilan chambarchas bog’lanib ketadi.
Shoirning «Armug’on» (1941) «O’zbekiston» (1942), «Hayot chorlaydi» (1954) kabi she’riy
to’plamlari bosildi. Biroq, Uyg’un she’riyatida hozirgi istiqlol davri
ruhiga mos kelmaydigan
«Brigadir Karim», «Nazir otaning g’azabi» kabi bir qator asarlari ham yo’q emas. U «Hayot
qo’shig’i» (1947), «Oltinko’l», «Navbahor» (1948), «So’nggi pushaymon» (1955) nomli dramatik
asarlar yozdi. Uiing keyingi yillarda ijod qilgan «Parvona» (1956), «Abu Rayhon Beruniy (1973),
«Ibn Sino», «Zebunniso» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasining yaxshi namunalari
bo’ldi.
Shoir va dramaturg Uyg’un faol jamoatchi sifatida 1951-1954 yillarda O’zbekiston
Yozuvchilar
uyushmasi raisi bo’lib ishladi. U o’zbek adabiyoti taraqqiyotidagi xizmatlari uchun bir necha bor
taqdirlandi.
1956 yili O’zbekistonda xizmat ko’rsatgai san’at arbobi, 1965 yili O’zbekiston xalq shoiri faxriy
unvonlariga sazovor bo’ldi. U Hamza nomidagi respublika Davlat
mukofoti laureati hamda
Mehnat Qahramoni (1985) unvonlariga ham ega edi. Uyg’un 1974 yilda O’zbekiston Fanlar
akademiyasining muxbir a’zosi qilib saylangan edi.
Uygun Pushkin, M.
Lermontov, A. P. Chexov, N. Tolstoy, V. Shekspir kabi yozuvchilarning
asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar
va jahon xalqlarining
ko’pgina tillariga tarjima qilingan.
Ijodkor o’z asarlari bilan o’zbek poeziyasi va dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan
sermahsul shoir va dramaturg sifatida taniqlidir. U 1990 yil fevral oyida 85
yoshida olamdan o’tdi.
Dostları ilə paylaş: