Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo’lida tarbiya topadi. Uning adabiyotga qiziqishi ham aya
aytgan ertaklar orqali paydo bo’ladi.
1912-1915 yillarda u avval eski maktablarda, so’ng madrasalarda tahsil oladi. Shu yillarda u
Navoiy, Muqimiy, Furqat asarlari bilan ilk bor taninishadi. Oktyabr to’ntarshidan so’ng
Toshkentdagi (Xadra) «Namuna» nomli maktabning o’qituvchilar tayyorlash kurslarida o’qiydi,
so’ng xalq maorifi sohasida ishlaydi. Bo’lg’usi adibning ilk she’ri 1921 yilda «Bolalar haftasi»
nomi bilan «Qizil Bayroq» gazetasida bosilib chiqadi.
1926 yilga kelib Abdurahim — G’ayratiy Ozarbayjonga borib, Bokudagi bilim yurtida o’qiydi. U
yerdqa M. Urdubodiy, M. Mushfiq. S. Rustamiy, J. Jabboriy kabi taniqli adiblar bilan tanishadi va
muloqotda bo’ladi. Bokudan qaytgach, Toshkeitdagi muzikali drama teatrida adabiy emakdosh
bo’lib xizmat etadi. 1929-1931 yillarda O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va bo’lim
boshlig’i bo’lib ishlaydi. Uning birinchi she’riy to’plami 1927 yilda «Erk tovushi» nomi bilan nashr
etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari» she’riy to’plami», «Qutilish» nomli hikoyalar to’plami
chop etiladi. She’riy to’plamga kirgan «She’rim», «Shoir», «Tanburchi qizga», «Mening
tuyg’ularim» kabi she’rlarida shoirning dunyoqarashi gavdalanadi, shuningdek, uning «Temp»
(1932), «Olov tanlar» (1938), «Sevgi» (1939), «Oltin yoshlik» (1940) kabi she’riy to’plamlari
hamda «Onamga xat» (1933), «Jinasta» (1935) kabi poemalari yaratildi.
G’ayratiy Ulug’ Vatan urushi va urushdan keyingi yillarda ham barakali ijod qildi. U Furqat va
Hamza kabi ustozlari («Shoirning o’limi», 1957) haqida poemalar yaratdi. «Tepalik mozor»
(1956), «Hilola», «Sababi tiriklik» (1958), «Maxsum qochdi» (1960) kabi hajviy hikoyalar ham
yaratdi. «Dovdirash» nomli hajviy hikoyalar to’plami nashr ettirdi. «Tanlangan asarlar»i (1958,
1972) chop etildi.
1972 yilda G’ayratiyga O’zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. U 1979 yil 22 yanvarda vafot etdi.
Biroq, uning ijodi hozirgi davr taqozosiga ko’ra tanqidiy o’rganishni talab etadi. Sabab, oldingi
zamonning ko’p hollarda u maddohi ham bo’lib qolganligi hech kimga sir emas.
Dostları ilə paylaş: