ABDULLA QAHHOR (1907—1968) O’zbek adabiyotiyotiga katta hissa qo’shgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qo’qon shahrida temirchi
oilasida dunyoga keldi. O’rta ma’lumotni Qo’qonda olgan Abdulla 1925 yili Toshkentga kelib,
«Qizil O’zbekiston» ro’znomasida ishlaydi.
U O’rta Osiyo Davlat dorilfununining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi «Sovet
adabiyoti» oynomasida mas’ul kotib, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, O’zbekiston
Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954— 1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. dastlab, «Mushtum» oynomasida, «Yangi
Farg’ona» va «Qizil O’zbekiston» ro’znomalarida uning hikoya va fel’eton, xabarlari bosildi.
Yozuvchining «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to’plami 1938 yilda chop qilindi. 30-
yillarda adibning «Hikoyalar» to’plamlari (1935, 1938, 1939) kitobxonlar qo’liga tegdi. Bu davrda
Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari «Sarob» (1935) romanini yozdi. Ulug’ Vatan urushi
yillarida yozuvchining bir qancha fel’eton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo»,
«Dardaqdan chiqqan qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «Oltin
yulduz» kabi qissalarida o’zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi,
yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo’shchinor chiroqlari» (1951) romani
kollektivlashtirish mavzuiga bag’ishlangan. U o’zining «Shohi so’zana» (1951), «Og’riq tishlar»
(1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o’zbek
dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Ayniqsa, «Shohi so’zana» p’esasida dramaturg
qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishning muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini mahorat bilan
tasvirladi. P’esa mamlakatimiz va qardosh demokratik respublikalar sahnalarida muvaffaqiyatli
namoyish qilindi. Mazkur p’esa Ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O’tmishdan ertaklar» (1965) qissalari
o’zbek prozasining taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. U «O’tmishdan ertaklar» qissasi
uchun Oybek («Bolalik»), N. Safarov («Ko’rgan-kechirganlarim») kabi adiblarning avtobiografik
qissalari qatorida Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
Uzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim» , (1935)
F. Gladkovning «Olovli ot» (1933), L. N. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanining I—II
kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni o’z ona tililarida o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni, orden va medallar
bilan taqdirlandi. U 1988 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etdi.