JAMOL KAMOL (1938) Shoir Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyatining Shofrikon tumanidagi Chikaron qishlog‘ida
dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol tog’asi qo‘lida tarbiyalandi. O’rta
maktabni tugatib, Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetida o‘qidi. So‘ng shu yerda
muallimlik qildi.
Jamol Kamol 1965-1969 yildarda «Buxoro haqiqati» ro‘znomasi muharririyatida ishladi. A. S.
Pushkin nomli Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qidi va «Lirik she’riyatda kompozitsiya»
degan mavzuda nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. Shoir 1970-1972 yillarda Yozuvchilar
uyushmasining Buxoro bo‘limida mas’ul kotib vazifasini bajardi. 1972 yildan esa A.S.Pushkin
nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamol Kamolning «Olam kirar yuragimga» (1968), «Cho‘qqilarga yog‘ildi» (1971), «Tosh
tug‘yon” (1973), «Hasan va oy», (1974), «Suyosh chashmasi» (1975), «Dostonlar» (1978),
«Tafakkur» (1979), «Suvaydo» (1983) «Umidli dunyo» (1988) va boshqa bir qator she’riy
to‘plamlari nashr qilingan.
Jamol Kamol mumtoz she’riy an’analar bilan zamonaviy she’riyat tizimini uyg‘unlashtirgan
iste’dodli shoirdir. Ayni chog’da uning qo‘shiqlari ham klassik musiqa ohanglari bilan
uyg’unlashib, olamjahon tarovat bahsh etib keladi.
U bir tarixiy she’rning ham muallifidir. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon
(1991, 1 sentyabr) qilingandan buyon jahonning 121 mamlakati uni tan oldi. Oltmishdan ortiq
mamlakat esa biz bilan vakolatxona darajasida bitim tuzdi. Ayni chog’da mustaqil
O’zbekistonimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo ham etib qabul qilindi. Xuddi ana shu
tarixiy kunga shoir Jamol Kamol guvoh bo‘lgan. Binobarin, xuddi shu yerda, shu daqiqada
o‘zining «Avval Vatan, keyin jon» she’rini bitib, o‘qib ham bergan edi. Unda:
Kiprik ketar, ko‘z qolar, Qolar Vatan jonajon. Jamoldan shu so‘z qolar: Avval Vatan, keyin jon!— kabi yuksak tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi.
Jamol Kamolning publitsist sifatida eng so‘nggi asari «Makkayi mukarrama, Madinayi
munnavara» (1992) asarlaridir. Unda haj bahonasida ma’naviyatimizni qayta baholaydi, kamoli
inson orzusi bilan maydonga chiqadi.
Jamol Kamol tarjima bilan ham shug’ullanadi. U fransuz mumtoz adabiyotining namoyandasi
Bualoning «She’riy san’at» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad
Fuzuliy haqida «Shabihijron» dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Jamol Kamol 1986 yilda Shekspir tragediyalarini ingliz tilidan bevosita o‘zbek tiliga
muvaffaqiyatli o‘girgani uchun S.Borodin nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. Yana unga
O’zbekiston xalq shoiri (1992) degan yuksak faxriy unvon ham berilgan.