ABDUVALI QUTBIDDIN (1960)
Shoir
Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozik ta’b va yuksak didli qalamkash. U 1960 yilning 20
iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tavallud topgan. Aslida uning ota-onasi
Shayxovandtohur mahallasidan Xo‘ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi.
Oktyabr
to‘ntarishi va qatag‘onlik davrining ur-yiqit shamoli bu oilaga ham soya solmay qolmagan. Yillar
davomida Samarqand, Qashqadaryo vohalarida ko‘chirib yuborilganlar
qatorida istiqomat
qilishgan.
Shu tufayli Abduvali Qarshida tugilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978
yilda Toshkent Davlat
dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
Samarqand viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li» hozirgi «Zarafshon»da faoliyat ko‘rsatadi. 1985
yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida
muharrir bo‘lib ishlaydi. 1990 yilda «Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval yetakchi
muharrir va hozirda bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda.
U oilali, ikki o‘g’il, ikki qizi bor.
Hozirda uchta she’riy to‘plami nashr etilgan. Shoirning «Nayson» (1988), «Humo» (1989) va
«Baxtli yil» (1991) to‘plamiga kirgan she’rlari oddiy, sodda, ravon ifodalar
asosiga qurilganligi
bilan ajralib turadi. Qarang:
Uyalib — tug’ildim,
Uyalib — yashadim,
Uyalib o‘larmen.
Axir bu butun o‘z xalqi axloqi, odobi,ma’naviyatiga dahldor she’riy marjonlar emasmi?! Yoki
«Baxtli yo‘l» to‘plamiga kirgan «Yer qa’riga», «Ikki amakimga xat» she’ridagi
falsafaga diqqat
qiling. Unda dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadi, ketadi, poklik, muhabbat,
yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg’ular qoladi degan xulosaga keladi. Va deydiki,
bu omonat
dunyoda, omonat ko‘prikda ana shu adabiyot tinch, pok bo‘lsin:
Omonat ko‘prikning ustida mahkam, .
Tinch-u, pok bo‘lsin tirik abadiyat.
Shoir biz bilan bir suhbatda mening tarjimai holim aytarli kitobxonga namuna bo‘lolmas, degan
andishaga ham bordi. Hurmatli kitobxon, shoir Abduvali
Qutbiddin kelajak shoiri, shu kunning
shoiri. Hali u o‘nlab to‘plamlar, asarlar yaratib beradi, sizni xushnud etadi, deb ishontirsa bo‘ladi.